"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa hujumchisi Lionel Messiga bo‘lgan tanqidlar haqida gapirdi.
"Bu aqlga sig‘maydi. Bu narsalarni qabul qilish qiyin, ular Leoning buyukligi, shuningdek, u futbolga bergan va berishda davom etayotgan narsalarni hisobga olishlari kerak. Hushtakbozlik oson qabul qilinadigan narsa emas", - dedi Pochettino ESPN nashriga.
Eslatib o‘tamiz, kecha parijliklar muddatidan avval Fransiya chempioniga aylanishdi.













