Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Pissaga oshufta mashhur futbolchilar

Pissaga oshufta mashhur futbolchilar

Baho:
+ | -

Pissa - ham to‘yimli, ham mazali taom. Jumladan, sportchilar o‘rtasida juda ommalashib ketgani - ayni haqiqat. Futbolchilarning pissaga muhabbatlarini mashg‘ulotlardagi kuchli yuklamalardan keyin yuzaga keladigan uglevod tanqisligini bartaraf etish xohishi bilan izohlash mumkin. Lekin asosiy dalil boshqa, baribir: pissa - mazali va xushxo‘r. Italiya taomi yuzlab yillar davomida sinovlardan o‘tgan. Pissani yuksak darajaga olib chiqishgani uchun italyanlarga alohida rahmat aytish kerak. Pissa hozirda faqat nufuzli restoranlarda tortiladigan karbonar pastasining takomillashgan «ukasi»dir. Tarixda «qo‘li kalta» kishilar katta oilani to‘ydirish uchun pishirilgan xamir ustiga ozgina pishloq va kechki tamaddidan qolgan ovqatni quyishgan. Germaniyaga shunga o‘xshash yegulikni turklar olib kirgan bo‘lsalar, AQSHda uni aynan italiyaliklar birinchi darajali taomlar qatoriga qo‘shishgan.

Dunyo bo‘ylab yoyilish...

Amerikaliklarga manzur kelgan yegulik keyinchalik butun dunyoga tarqaldi. Jumladan, pissa butun fastfud bozorini eabt etdi, lekin gamburgerdan farqli ravishda, res­toranlarda eng tansiq taom maqomini oldi. Uchrashuvlar yakunida «Zenit» kiyinish xonasida «Margarita» pissasidan bo‘shagan qutilar uyumi yuzaga kelishi ajablanarli hol emas. Albatta, futbolchilar uchun muntazam pissa iste’mol qilish zararli, bu jismoniy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu boismi, Xosep Gvardiola stadionga pissa olib kirishni taqiqlab qo‘ygandi. Ammo bu taqiq futbolchilar o‘z uylarida pissaga buyurtma bermasliklarini anglatmaydi. Oddiy misol, ispaniyalik murabbiy shogirdlariga jamoaviy yig‘ilishda ijtimoiy tarmoqlarga kirishni ham taqiqlagan. Lekin talab o‘z yo‘liga, uning ijrosini nazorat qilish - boshqa masala. Xullas, futbolchilar Gvardiola taqiqi tufayli pissadan voz kechishmaydi, albatta. Ular orasida bu taomni 1-o‘ringa qo‘yadiganlar ham ko‘p.

Zidan - ashaddiy pissaxo‘r.

Pissa tanovul qilish bobida fransiyalik afsona bilan bellasha oladigan futbolchi - bu Muhammad Saloh. Misr­lik goleador Nyu-Yorkka borganida, avvalo, pisseriyga yo‘l olgan ekan. Zayniddin esa Madriddagi uyiga pissa pishirishga mo‘ljallagan yog‘och pech o‘rnatgan. Bunda u chinakam neapolcha pissa tayyorlaydigan dastgoh yaratish uchun maxsus pazanda-usta taklif etgan. Aytishlaricha, Lorenso Insinye yoqtiradigan rimcha «semiz» pissa Zidanga to‘g‘ri kelmaydi. Umuman, Zizu pissa pishirishni Turinda o‘rgangan. Tarixdan bir ajoyib surat bor: Alessandro Del Pyero qizdan bo‘sa olmoqda, fransuz esa pissa chaynash bilan band, 2 juft sevishganlar, inson va taom o‘rtasidagi muhabbat... Oradan ancha yillar o‘tdi, Zayniddin hamon neapolliklar uslubida qaynoq pissa pishirish imkoniyati yuzaga kelsa, buni qo‘ldan chiqarmaydi. To‘g‘ri, uni tayyorlash uchun ko‘proq vaqt ketadi. Neapolcha pissa xamiri ham yetarlicha sabr talab etadi.

Murabbiylar pissaga oshufta.

Joze Mourinyo taomga poyezdda ham buyurtma bersa, Karlo Anchelotti asosan Italiyaga qaytganida pissaxo‘rlikka o‘tiradi. Vaholanki, u ishla (yot)gan shaharlar - Madrid, Parij, London va Liverpulda ham risoladagidek pisseriylar bor. Hozir Italiyaning barcha hududlaridan a’lo sifatli pissa topish ancha mushkul. Ammo «Benazir» sifatli taomga eltuvchi so‘qmoqlarni yaxshi o‘zlashtirib olgan.

Messi va Ronaldu ham pissaga xushtor.

Futbolchilar rasionida turli-tuman mahsulotlar bor, albatta. Xususan, Lionel Messi shokolad, gazli suv va pissaga ruju qo‘ygan. To‘g‘ri, shifokorlar oxir-oqibat, unga bu mahsulotlarga yaqinlashishni taqiqlab qo‘yishdi. Leo ayni payt o‘yindan keyingina oz miqdorda pissa iste’mol qiladi. Lekin Barselonada uning rasionida pishloqli pissa 1-o‘rinda turardi. Serxio Buskets, Xavi, Andres Inyesta va Luis Suares xamonli pissani afzal ko‘rishadi. Dani Alvesh esa 4ta pishloqli pissaga buyurtma beradigan yagona futbolchi edi. Hattoki, kun tartibiga o‘ta e’tiborli Krishtianu Ronaldu ham oila davrasida parhezni buzib, mazali pissa bilan charchog‘ini yumshatadi. U gazli ichimliklarga qarshi, ammo pissadan voz kechmagan, baribir. Italiyada uzoq vaqt yashagan Zlatan Ibragimovich esa pissaga xotirjam munosabatda. Lekin u bir marta kiyinish xonasiga qizil qalpoq bilan kirgan jamoadoshini gap bilan «chaqib» olgandi: «Hoy, futbolchimisan yoki pissa tashuvchi?» Diyetolog Juliano Poser yangi taomnoma tuzayotgan payt Messiga aynan shu savolni bergan ekan. Chunki futbolchining uyiga juda ko‘p pissa keltirishardi. O‘sha payt Leoning o‘yinida o‘zgarish sezilmagan, u faqat 30 yoshdan oshgach, salomatligi masalasiga jiddiy e’tibor qarata boshladi. To‘g‘ri, shifokorni pissadan ko‘ra, shakar ko‘proq tashvishlantirgandi.

Pissa - Liverpul mojarosi sababi.

2 yil muqaddam turli tusdagi pissalar urf bo‘lgandi. Unda qizil sous asosiy rang vazifasini o‘tardi. Glazgodagi restoran pazandalari pissada Ronaldu chehrasini tasvirlashgan. Umuman, futbolchilar sharafiga turli masalliqlardan tayyorlangan pissalar ko‘p chiqariladi. Misol uchun, Muhammad Saloh «Roma»ga o‘tishidan avval florensiyaliklar oq qo‘ziqorinli pissani uning sharafiga nomlashgan. Misrlik futbolchi 2019 yilning aprelida sayyoramizning eng ta’siri kuchli 100 nafar odami ro‘yxatidan joy olib, Time jurnali marosimida qatnashish uchun ilk bor AQSHga borganida, pissali surat ortidan mojaro chiqishiga sal qolgan. Zero, Saloh surat ostiga «Hatto Amerikada ham Rimdagidek ovqatlanishar ekan» qa-bilida izoh yoz-gandi. Futbolchi Yevropaga qaytgach, «Liverpul» CHL yarim finali dastlabki o‘yinida «Barselona»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunda muxlislar omadsizlikda Salohni ham ayblashdi. To‘g‘ri, javob uchrashuvidan keyin. Chunonchi, misrlik hujumchi «Enfild»da maydonga tushmagan va jamoa ajoyib «kambek»ni amalga oshirgandi.

UEFA huquqshunoslari «Shampinyonlar pissasi» nomi ostidagi mahsulotni tayyorlagan Germaniyadagi pisseriyni sudga berishga chog‘lanishdi. Shu bahona mo‘’jaz muassasa ulkan reklama bilan tanildi. Umuman, hozirgi futbolchilarning jismoniy holati ancha yuqori va qandaydir 250 gramm xamir, 100 gramm pishloq ortiqcha zarar keltirolmaydi. Ronaldu haftada bir marta pissa yeydi, lekin «Instagram»dagi eng mashhur insonning yil davomida necha marta futbolka yechishini butun dunyo yaxshi biladi - jismoniy holati doimo joyida. Ha, me’yorida tanovul qilingan pissa hayotni bezaydi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 13:05, 27.04.2022.
O'qildi: 2958 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.