Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Nahotki, APLning 9ta klubi yevrokuboklarda ishtirok etadi?

Nahotki, APLning 9ta klubi yevrokuboklarda ishtirok etadi?

Baho:
+ | -

APLning naq 9ta klubida yevrokuboklarning yangi mavsumiga chiqish imkoniyati yuzaga kelgandi. Liganing deyarli yarmi! Keling, bu masalada ozgina oldinga o‘tib, ehtimoliy holatlar yuzasidan mushohada yuritamiz. Har holda, quyidagi maqolada yozilishicha, APL vakillarining yevrokuboklardagi joylari kengayishini ta’minlaydigan variantlar yo‘q emasdi.

Barchasi xayolotga asoslangan. Boshqacha aytganda, APLdan 9ta jamoaning yevrokuboklarga yo‘llanma olishi uchun bir necha «agar»lar bir-biriga muvofiq kelishi kerak edi. Masalan:

- Agar «Kristal Pelas» Angliya kubogida g‘alaba qozonsa (bu endi amalga oshmaydi).

- Agar «Vest Xem» Yevropa Ligasila g‘alaba qozonsa («bolg‘achilar» final yo‘lida «Ayntraxt» bilan o‘ynashadi).

- Agar «Lester» Konferensiyalar Ligasida g‘alaba qozonsa («tulkilar» final yo‘lida «Roma» final o‘ynashadi).

Aslida standart taqsimot bo‘yicha APLga yevrokuboklarning 7ta chiptasi ajratilgan:

Yevropa Chempionlar Ligasiga 4ta klub (1-4-o‘rinlar)

Yevropa Ligasiga 2ta klub (5-o‘rin va Angliya kubogi sohibi)

Konferensiyalar Ligasiga 1ta klub (Liga kubogi sohibi)

Lekin turli nyuanslar ham borki, ular yo‘llanmalar soniga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Xususan, joriy mavsum natijalarining ta’siri kuchliroq bo‘lishi ehtimoli yuqori edi:

1. Angliya Liga kubogi APLdagi natijasi bilan yevrokubok chiptasiga ega chiqadigan jamoaga nasib etsa (hozirgi holatda «Liverpul»ga), unda standart taqsimotga ko‘ra, yevroturnirlardan chetda qolgan jamoalardan birinchisi Konferensiyalar Ligasiga o‘tadi (maqolaga ilova qilingan xayoliy jadvalda 6-klub).

2. Agar Yevropa Chempionlar Ligasida APL vakili g‘olib chiqsa va ichki chempionatda yuqori to‘rttalikka kirolmasa, keyingi mavsum bosh turnirda Angliyadan 5ta jamoa ishtirok etadi. Bu holatda «Vest Xem» Yevropa Ligasidagi g‘alaba evaziga APLning CHLdagi 5-vakili bo‘lishi mumkin. Alohida aytish o‘rinli, APLning bosh yevroturnirdagi vakillari soni 5tadan oshmaydi har qanday holatda. Misol uchun, agar «Chelsi» CHLda qolib, yakunda yana «shalpangquloq» kubok sohibiga aylanganida, shuning barobarida APL turnir jadvalida 4-o‘rindan pastga tushib ketganida, «Vest Xem» esa CHLga YEL orqali yo‘l olsa, unda Angliya chempionati 4-jamoasi ikkinchi darajali yevrokubok chiptasi bilan cheklanardi.

3. Agar APL jamoasi Konferensiya­lar ligasida g‘alaba qozonsayu, ichki chempionat orqali yevroturnirlarga chiqolmasa, unda Angliyaning YELdagi o‘rni kengayadi. Hozirgi holatda gap «Lester» haqida ketmoqda.

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 15:00, 27.04.2022.
O'qildi: 9850 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик