Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Tursunoy Rahimova: «Boks men uchun shunchaki xobbi emas, jahon chempionatidan oltin medal bilan qaytmoqchiman»

Tursunoy Rahimova: «Boks men uchun shunchaki xobbi emas, jahon chempionatidan oltin medal bilan qaytmoqchiman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatiga oz vaqt qolmoqda. O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati terma jamoamiz a’zolarining fikrlarini e’tiboringizga havola qiladi.

Bu safar biz Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, O‘zbekistonning ko‘p karra chempioni Tursunoy Rahimovaning fikrlari bilan qiziqdik.

"Nasib qilsa, kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchinchi marotaba qatnashaman. Boks men uchun shunchaki xobbi emas - hayotim mazmuni hisoblanadi. Sportni tark etishni o‘ylasam yuragim orqaga tortadi, ammo shuni bilamanki, barcha narsani o‘z vaqti-soati bor.

Turkiyadagi jahon chempionatiga tayyorgarlik yuqori darajada o‘tmoqda. Bunday mashg‘ulotlardan so‘ng yuksak natijalarni qayd etishimiz shart. Asosiy e’tibor jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka qaratilgan. Tayyorgarlik jarayoniga psixolog ham biriktirilgan. Bu esa o‘z navbatida bizga katta yordam bermoqda.

Jahon chempionatidagi maqsadim - oltin medalni qo‘lga kiritishdir. Ushbu musobaqani uzoq vaqt kutdim va bahslarga qattiq tayyorgarlik bilan ketyapman. Nasib qilsa, oltin medal bilan qaytaman.

Bo‘lajak chempionatda men uchun Turkiya va Hindiston terma jamoalari a’zolari asosiy raqib bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, musobaqaning adolatli o‘tishi ham muhim ahamiyatga ega", - dedi Tursunoy Rahimova.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 11:09, 28.04.2022.
O'qildi: 1480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик