Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

O‘FA Tibbiy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘FA Tibbiy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, futbolimiz tibbiyoti samaradorligini yangi saviyaga olib chiqish, barcha terma jamoalar, futbol akademiyalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini zamon talabiga mos ravishda muvofiqlashtirish maqsadida O‘FA qoshida Tibbiy qo‘mita tashkil etildi.

Bugun mazkur qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FA rahbariyati va turli yoshdagi terma jamoalar hamda akademiyalar shifokorlari ishtirok etdi.

Dastlab barcha yoshdagi terma jamoalarimizda tibbiyot sohasidagi amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, shifokorlarni tibbiy uskunalar, dori-darmonlar, vitaminlar bilan ta’minlanishi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Milliy terma jamoa bilan bir qatorda, har bir yosh toifasidagi terma jamoalarimiz, ayollar va futzal terma jamoalarida shifokorlar va massajchilardan iborat doimiy tibbiy shtab biriktirildi.

Shuningdek, futbolimiz kelajagi bo‘lmish yosh futbolchilar unib-o‘sayotgan akademiyalarda malakali tibbiy xizmatni tashkil qilish, akademiya va futbol mahorat maktablaridagi tarbiyalanuvchilarning jismonan sog‘lom va baquvvat bo‘lishida to‘g‘ri ovqatlanish hamda zarur vitaminizasiyani yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi. Shu o‘rinda tarbiyalanuvchilarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borishni tashkil etish muhim ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, futbol tibbiyotini tizimli rivojlantirish, ushbu sohaga yangi kadrlarni jalb etish, mutaxassislarning malakasini oshirish va ular faoliyatini mukammallashtirish borasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘ngida mutaxassislar fikrlari tinglanib, kelgusi rejalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar ayrim masalalar yuzasidan o‘zlarining takliflarini bildirib o‘tdilar.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 09:40, 30.04.2022.
O'qildi: 1146 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик