Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi javob o‘yinidan so‘ng (3:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Nima bo‘lganini tushuntirib berolmayman. Shunchaki, tariflashga til ojiz. Ehtimol, Xudo menga qarab: "Bugun sening kuning", degandir", - deya braziliyalikning so‘zlaridan iqtibos keltirgan UYEFA rasmiy sayti.