Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Qahramon Aslanov maqolasi: Rahmat, «Real Madrid»!

Qahramon Aslanov maqolasi: Rahmat, «Real Madrid»!

Baho:
+ | -

Futbolga VARni kiritish oson bo‘lmagan. Gap faqat bu o‘yinni o‘ylab topgan inglizlarning o‘ta konservatorligidan emasdi. Futbolning jamoaviy sport ichida ommaviyligining asosiy omili atributlarning kam bo‘lishida hamdir - xokkey kabi har birimizga klyushka shartmas, basketbol yoki voleybol maydonini qurish qiyinroq va hokazo.

Shuning uchun ham futbolni hamma o‘ynaydi. Jahon chempionati finali va Angliyadagi 7-liga o‘yini shaklan farq qilmasligi o‘ta muhim.

Ammo barcha sohalar singari futbol ham o‘sib boradi, taraqqiylashadi, asosiysi ilm kirib keladi. Futbol ham qaysidir ma’noda o‘yindan fanga yaqinlashib boraveradi: maydondagi bahsdan ham ko‘ra turli chizmalar, sxemalar, loyihalar, taktikalar ko‘proq gapiriladi - planshetlar davri.

«Real» esa, go‘yoki mana shunday zamonda, bir paytlar futbolga begona bo‘lgan atributlar qarshisida haqiqiy futbolni himoya qilayotgan qahramonga o‘xshaydi. Rostanam.

Agar «Siti» yutganida, mutaxassislar uning nimaning hisobiga yutganini tushuntirib bera olishardi. Chizmalar, sxemalar, strelkalar yordamida. Balki tushunmasdim, ha, futbol murakkab fan, derdim, to‘qson daqiqa futbol tomosha qilib, hech narsani tushunmagan tomoshabin roli u qadar qoniqarli bo‘lmasa-da, majbur qabul qilardim - futbol hozir shunaqa. Men yoshligimda o‘ynagan futboldan qanchalik uzoq afsuski

Ammo «Real»ning g‘alabasini oson tushunaman. Kimdir tez yugurdi, kimdir yaxshi tepdi, kimdir zo‘r sakradi, kimdirni yiqitishdi. U vaqt cho‘zdi, bu dovdiradi, unisi charchab qoldi va hokazo. Naqadar zo‘r, naqadar ajoyib o‘yin bu futbol. Bolaligimdagi sevimli o‘yinning o‘zginasi.

Rahmat, «Real Madrid»!

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 09:53, 05.05.2022.
O'qildi: 6594 marta.
Fikrlar: 53 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.