Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Liverpul» ingliz futbolini yangi bosqichga olib chiqa oladimi?

«Liverpul» ingliz futbolini yangi bosqichga olib chiqa oladimi?

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp bu mavsumda o‘zining maksimal imkoniyatini ishga solgan holda katta natijalarga erishish uchun eng asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. «Liverpul» ingliz futboli tarixida birinchi bor bir mavsumda to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarga aylandi. «MYU» hozirga qadar 1999 yildagi trebli bilan bu borada yetakchilik qilayotgan edi. Quyida, tarixda «Quadruple»ga eng yaqin kelgan ingliz klublarini sanab o‘tamiz.

«Manchester Siti» – 2018-2019 yilgi mavsum

2019 yilning aprelida «shaharliklar» ham xuddi hozirgi «Liverpul» kabi har bir sovrin uchun frontlarda kurash olib borayotgan edi. Biroq, Gvardiolaning umidlari shu yerga kelganda yakson qilindi. «Tottenxem» YECHL chorak finalining birinchi davrasida 1-0 hisobida zafar quchadi. Etihad o‘yingohida kechgan o‘yinning dastlabki 21 daqiqasida 5 ta gol uriladi. Ha, o‘sha bahs 4-3 hisobida «Manchester Siti»ning g‘alabasi bilan tugagan. Ammo mehmondagi gol qoidasi asosida «shporlar» yarim finalga yo‘l oladi. Pep shogirdlari Angliya liga kubogida, Angliya kubogi hamda ligada g‘alabaga erishgan. Ammo YECHL jamoa uchun armonga aylangandi.

«Manchester Yunayted» – 2008-09 yilgi mavsum

Mankunianliklarning eng afsonaviy tarkibi 10 yil ilgari APL, Angliya kubogi va YECHLni yutib, qahramonga aylangandi. Ammo 2009 yilda Fergyuson jamoasi to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritish imkoniga yanada yaqinroq keladi. Afsuski, bunga bog‘langan umidlarning barchasi Angliya kubogi finalida «Everton» tomonidan barbod etildi. O‘yin 0-0 hisobida tugaydi. Penaltilar seriyasida esa liverpulliklar 4-2 hisobida zafar quchadi. «Manchester Yunayted» o‘sha mavsumni APLda va liga kubogida g‘oliblik bilan tugatgan. YECHL zabt etilishiga ham bir bahya qolgan. Finalda «Barselona»ga 2-0 hisobida imkoniyat boy berilgan, xolos.

«Chelsi» – 2006-07 yilgi mavsum

«Chelsi» hozirgi «Liverpul»dan oldin «Quadruple» imkoniyatini may oyiga qadar saqlab qolgan yagona jamoa edi. Aslida, o‘shanda to‘rtta sovringa erishish umidi aprel oyi o‘rtalarida so‘na boshlagan. Negaki, yarim finalning ikkinchi davrasi «Liverpul»ga 1-0 hisobida boy beriladi.
Joze Mourinyo boshchiligidagi jamoa o‘sha mavsumning ikkita ichki kubogiga ega chiqadi. Ammo APLda «MYU»ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. «Aristokratlar» mavsum davomida jami 63 ta bahsda ishtirok etgan. Bu statistikaga esa bu mavsumda «Liverpul» yetish uchun juda ham yaqin turibdi.

«Manchester Siti» – 2020-21 yilgi mavsum

O‘tgan mavsumning 17 apreli «shaharliklar» tarixiga qayg‘uli sana bo‘lib kirgan. Negaki, aynan shu kuni Gvardiola shogirdlari «Chelsi»ga Angliya kubogi yarim finalida imkoniyatni boy bergan. Bu esa o‘z navbatida to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritish borasidagi umidlarni so‘ndirgan. «Shaharliklar» o‘tgan mavsumni ikkita ‐ APL hamda Angliya liga kubogi sovrini bilan tugatgan edi. YECHL finaligacha borgan manchesterliklar, yana «Chelsi» uchun oson o‘ljaga aylanadi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 23:55, 05.05.2022.
O'qildi: 1690 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.