Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Ravshan Ermatov yoshlar terma jamoamiz bilan uchrashdi

Ravshan Ermatov yoshlar terma jamoamiz bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Zayniddin Tojiyev boshchiligida Toshkentda yig‘in o‘tkazdi. Jamoa oldida bir qator muhim turnirlar kutib turibdi. Xususan, vakillarimiz Xorvatiyada bo‘lib o‘tadigan "Vlatko Markovich" U-15 xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.

Kecha O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ushbu musobaqa oldidan tayyorgarlik rejalari bilan tanishish, murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan suhbatlashish maqsadida terma jamoa bazasiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘FA tomonidan futbolchilarimizning oldinda turgan turnirlarga sifatli va tizimli tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi ma’lum qilindi.

Ravshan Ermatov futbolchilar bilan suhbatda har bitta mashg‘ulotlarga astoydil kirishish, turnirlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, buning uchun har kuni o‘z ustida ishlash zarurligini ta’kidlab, terma jamoa a’zosi bo‘lish har bir futbolchi uchun sharaf ekanligiga e’tibor qaratdi. Bu borada hozirdanoq professionalizm, intilish va mehnasevarlikni o‘zida mujassam qilib borish kerakligini aytdi.

Zayniddin Tojiyev boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashildi. Har kunlik tayyorgarlikka zamonaviy yondashish, yangi texnologiyalarni jalb etish, sport tibbiyoti, farmakologiya, vitaminizasiya va tiklanish jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, "Vlatko Markovich" xalqaro turnirida umumiy hisobda 8 ta — Xorvatiya, O‘zbekiston, Irlandiya, Bosniya va Gersegovina, Uels, Bolgariya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya terma jamoasi ishtirok etadi. Vakilalarimiz “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, guruhda Xorvatiya, Irlandiya va Chernogoriya terma jamoalariga qarshi to‘p surishadi.

Jamoamizning dastlabki o‘yini 11 may kuni mezbon Xorvatiyaga qarshi o‘tkaziladi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 13:41, 09.05.2022.
O'qildi: 1191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик