Angliyaning "Manchester Siti" klubi mavsumda "quruq" o‘yinlarni o‘tkazish borasida o‘zining rekordini o‘rnatdi.
"Shaharliklar" APLning 36-turida "Nyukasl"ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu Pep Gvardiola shogirdlarining mavsumdagi 21-"quruq" o‘yini bo‘ldi.
Avvalgi rekord 2018/19 yilgi mavsumda qayd etilgan va unda jamoa 20ta quruq o‘yin o‘tkazgandi.