Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/10 12:45 Melburn Viktori 3-0 Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol 5-1 Port
14/10 15:00 Vissel Kobe 2-0 Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib 1-0 Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf 1-2 Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra 2-1 Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK 3-1 Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq 2-0 Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun 2-1 Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy 2-0 An-Nahda
14/10 21:45 LASK 3-6 Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord 3-2 Komo
14/10 23:59 Manchester Siti 2-4 PSJ
14/10 23:59 Roma 3-4 Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa 6-0 Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis 3-2 Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt 1-0 Borussiya D
14/10 23:59 Slovan 0-3 Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor 3-1 AEK

Og‘ir atletikachilarimiz jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunlashdi

Og‘ir atletikachilarimiz jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunlashdi

Baho:
+ | -

Gresiyaning Iraklion shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Hamyurtlarimiz orasida so‘nggi bo‘lib +109 kg vazn toifasida Mirhosil Mirzaboyev supaga chiqdi va 3 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Ushbu vaznda chempionlik uchun kurash eronlik Alirizo Yusufi hamda Mirzaboyev o‘rtasida kechdi. Biroq yakunda siltab ko‘tarish mashqidagi ustunlik evaziga Yusufi g‘alabani ilib ketdi. Sportchimiz dast ko‘tarishda 176 kg, siltab ko‘tarishda 212 kg va ikki kurash bo‘yicha 388 kg natija qayd etdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha U-20 JCH:
Yigitlar, +109 kg:
1. Alirizo Yusufi (Eron) – 416 (177+239) kg;
2. Mirhosil Mirzaboyev (O‘zbekiston) – 388 (176+212) kg;
3. Bogdan Taranenko (Ukraina) – 374 (167+204) kg.

Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur musobaqani 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu ajoyib natija bilan O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi, sportchilarimiz va ularni tarbiyalagan murabbiylar, atletlarimizning yaqinlari va muxlislarimizni samimiy qutlab qoladi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 19:56, 10.05.2022.
O'qildi: 1487 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик