Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Mirjalol Qosimov: «Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda epchilroq harakat qildik»

Mirjalol Qosimov: «Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda epchilroq harakat qildik»

Baho:
+ | -

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – AGMK (1:4) uchrashuvidan keyin olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.

— Qiziqarli, ochiq o‘yin guvohiga aylandik. "Qizilqum" jamoasida malakali o‘yinchilar jamlangan, ular yaxshi o‘yin ko‘rsatishyapti. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda epchilroq harakat qildik. O‘yin so‘nggicha keskin hujumlar va chiroyli gollarni guvohi bo‘ldik. Bu bilan cheklanmasdan, yanada yuqoriroqqa harakat qilishimiz kerak. Stadionga kelgan tomoshabinlar o‘yindan rohat olgan bo‘lsa, bundan xursandmiz. Ushbu bahs tarixda qoldi, endi kelgusi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Negaki, may oyining taqvimi zich, shu bois, har bir uchrashuvda bo‘shashmasdan harakat qilishmiz shart.

— Zich taqvimda har bir murabbiyga rotasiya kerak bo‘ladi. Keyingi o‘yinlarda rotasiyalar ko‘rishimiz mumkinmi?
— Imkoniyatdan kelib chiqib rotasiya qilamiz. Eng ko‘p rotasiya qiladigan o‘zim bo‘lsam kerak. Shogirdlarimning barchasini imkon qadar maydonga tushirishga harakat qilaman. Tarkib raqibga qarab ham tanlanadi. Bugun ham oson o‘yin bo‘lmadi.

— Jamoa so‘nggi ikki turda 90 daqiqani yuqori tempda o‘tkazdi. Oldinda, adashmasam, uchta o‘yin bor. Jismoniy jihatdan muammolar yuzaga kelmaydimi?
— Chempionat boshi yoki oxiri bo‘lganida, xavotirlanishga asos bo‘lardi. Hozirgi vaziyatda esa o‘yinlarga avvalgidan-da jiddiyroq tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 23:29, 11.05.2022.
O'qildi: 1109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.