"Levante" sardori Xose Luis Morales Ispaniya chempionatining 36-turida "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:6) jamoaning natijalari uchun mas’ul shaxslar kimligini aytdi. Valensiya shahri klubi chempionatda ketma-ket 27 o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti.
"Futbolchilar aybdor - maydonda harakat qilganlar, ketma-ket 27 ta o‘yinni g‘alabasiz o‘tkazganlar, kech reaksiya bildirganlar. O‘ylab ko‘rish vaqti keldi. Biz jamoada La Ligaga qaytish loyihasi borligiga umid qilamiz", - dedi Morales Football Espana'ga bergan intervyusida.