Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Buffon, nima qilib qo‘yding?! (video)

Buffon, nima qilib qo‘yding?! (video)

Baho:
+ | -

Italiyalik buyuk darvozabon Janluiji Buffonning futboldagi vaqti tugadimi? U yaqinda jamoasiga dahshatli tarzda pand berdi.

Muxlislar esa afsonaviy Jijidan tezroq nafaqaga chiqishini so‘rashmoqda. Xo‘sh, o‘zi nima bo‘ldi, qanday hodisot kuzatildi? Avvalo, qisqa ma’lumot: Buffon hamon katta futbol ichida! Afsonaviy darvozabon o‘tgan yozda «Yuventus» bilan xayr­lashib, «V» seriyaga yo‘l oldi. Sermazmun faoliyatiga o‘zining ilk jamoasi - «Parma»da nuqta qo‘yish uchun. Alohida aytish kerak, faxriy kiper joriy mavsum muntazam ravishda maydonga tushmoqda, lekin yaqinda unda nimadir o‘xshamadi...

«Parma» Italiya chempionati «V» seriyasi 36-turida «Perudja» mehmoni bo‘ldi. Bu o‘yin Buffon va uning jamoa­si uchun chinakam qulash lahzalariga aylandi. Parmaliklar 5-daqiqadayoq penaltidan tezkor gol qo‘yib yuborishdi. Keyin Jiji qattiq uyaltirdi: tajribali kiper orqaga yo‘llangan to‘pni beparvolik bilan himoyachi tomon uzatishga urindi, ammo... Qisqasi, Buffon tepgan to‘p yolg‘iz turgan raqib hujumchisi oyog‘iga borib tushdi va u bo‘sh qolgan darvozani osongina nishonga oldi. Oh, bu qanaqa xato Jiji?

«Parma» futbolchilari ikkinchi 45 daqiqalikda ancha tetiklashishdi, biroq 1ta javob goli urishdan boshqasiga ulgurishmadi. Tamom. Keyingi mavsumda «Parma» va Buffonni «A» seriyada kutayotgan bo‘lsangiz, buni unuting. Zero, vaqtida yevrokuboklarda ham zafarli odimlagan jamoa «Perudja» bilan o‘yindan keyin turnir jadvalining 13-pog‘onasiga tushib qoldi. Darvoqe, Jijiga faoliyatidagi eng «qora» gollardan birini «tortiq» etgan «Perudja»da yuqoriga ko‘tarilish imkoniyati yo‘q emas. «Parma» bosh murabbiyi Juzeppe Yakini matbuot anjumanida o‘yin yuzasidan ko‘p gapirdi, ammo Buffonni tanqid qilgani yo‘q. Klub saytida berilgan uchrashuv sharhida ham faxriy kiper xatosi haqida loa­qal bir ibora yo‘q. 

Nima, Buffon uchun katta futboldan ketish vaqti keldimi? Uning yanvar oyida 44 yoshga to‘lganini hisobga olsak, bu mantiqiy savol. Afsonaning qo‘pol xatosi haqidagi xabarlar ostiga muxlislar tomonidan yozilgan izohlarda ham shu mazmundagi maslahat-tavsiyalar yetarli. Ammo Jijining o‘zi qo‘lqoplarini hali mixga ilmoqchi emas. Har holda, u yanvarda shartnomasi muddatini 2024 yilgacha uzaytirdi. Shunday ekan, agar qandaydir kutilmagan voqelik yuzaga kelmasa, buyuk Buffon 46 yoshigacha o‘ynaydi.

Manba: iff.uz

Kiritildi: 13:00, 13.05.2022.
O'qildi: 8761 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.