Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Istanbul-2022. Tursunoy Rahimova chorak finalga chiqdi

Istanbul-2022. Tursunoy Rahimova chorak finalga chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida bugungi janglar boshlandi. O‘zbekistonliklar orasida Tursunoy Rahimova (52 kg.) birinchi bo‘lib o‘z jangini o‘tkazdi. Unga Ukraina vakili Tatyana Kob raqiblik qildi.

Ukrainalik sportchi butun jang davomida tavakkal qilib oldinga tashlangan bo‘lsa, Tursunoy raqibini kutib oldi. Bunda aniqlik hamyurtimiz tomonida bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, raqib bokschisi vatandoshimizni ancha kuch sarflashga majbur etdi. Hattoki, Tatyana uchinchi raundda ochkolar bo‘yicha ustunlikka ham erishdi. Hakamlarning barchasi g‘alabani Rahimovaga berishdi — 5:0 (30-27, 29-28, 29-28, 29-28, 30-27).

Shu tariqa, Tursunoy Rahimova jahon chempionatining chorak finalga chiqdi. U yarim final yo‘llanmasi uchun tailandlik bokschiga qarshi ringga ko‘tiriladi.

Bugun yana 4 nafar hamyurtimiz nimchorak final jangini o‘tkazishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:08, 15.05.2022.
O'qildi: 1288 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик