Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Istanbul-2022. Terma jamoamiz sardori chorak finalda yutqazdi

Istanbul-2022. Terma jamoamiz sardori chorak finalda yutqazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida bugun chorak final janglari boshlandi. Vakillarimiz orasida ringga birinchi bo‘lib terma jamoamiz sardori Tursunoy Rahimova (52 kg.) ko‘tarildi. Unga Tailand vakili Jutamas Jitpong raqiblik qildi.

Tailandlik sportchining avvalgi janglarini ko‘rib, shunday xulosa qilish mumkin ediki, u uzun qo‘llaridan foydalanib, masofadan "qochib urishadigan" bokschi toifasiga kirardi. Buni to‘g‘ri anglagan hamyurtimiz aynan uning uslubida jang olib borishga harakat qildi.

Birinchi bo‘limda hakamlarning barchasi ustunlikni raqibga berishdi. Ikkinchi taymda Tursunoy tajovuzkorlikni oshirdi. Boz ustiga, Jitpong muntazam qoida buzgani uchun referi undan 1 ballni olib tashladi. Bu esa Rahimova uchun ayni muddao edi. Ikkinchi raundda hakamlarning 3 nafari ustunlikni o‘zbekistonlik sportchiga berishdi. Natijada Rahimova hisobda oldinga o‘tib oldi.

Uchinchi bo‘limda bokschilar shiddatli bahs olib borishdi. Jangdan keyin esa hakam tailandlik Jutamas Jitpongning qo‘lini ko‘tarishdi.

Tursunoy 2020 yilning mart oyida Tokio Olimpiadasi lisenziyasi uchun kechgan jangda aynan Jutamasni mag‘lubiyatga uchratib, Olimpiadaga yo‘llanma olgandi. Afsuski, bu safar omad tailandlik bokschiga kulib boqdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:14, 16.05.2022.
O'qildi: 1847 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.