Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Ko‘ngli bo‘sh Luis. Suaresni nima(lar) yig‘lashga majbur qilgan edi?

Ko‘ngli bo‘sh Luis. Suaresni nima(lar) yig‘lashga majbur qilgan edi?

Baho:
+ | -

Urugvay terma jamoasi hujumchisi bo‘lgan Suares, balki sayyoramizdagi eng ko‘ngli bo‘sh futbolchidir. 35 yoshli afsona o‘z faoliyati davomida nafaqat maydon ichida, balki tashqarisida ham ko‘z-yoshlarini tiya olmagan. Quyida emosional futbolchining eng esda qolarli va yig‘iga boy davrlarini esga olamiz.

APL chempionligi armonga aylanganida

2014 yilda o‘ta muhim bahs bo‘lib o‘tadi. Unda "Liverpul" "Kristal Pelas" mehmoni bo‘la turib, avvaligi 3-0 hisobida oldinda boradi. O‘yin yakuni 3-3 bilan tugaydi. Suares esa o‘ta ayanchli holga tushadi. O‘shanda u shunday degan: "Bu qattiq azob beradi. Biz o‘yinni yutishni juda ham xohlagan edik. Men bu bahs biz uchun yagona umid bӯlganini yaxshi tushunaman. Biz zo‘r o‘ynadik. Raqib esa bizni jazoladi. Ushbu durang bizni chempionlikdan ayirmoqda. Ming afsus...".

La-liga chempionligida

Bu lahzalar keyinchalik minglab memlar yaratilishiga asos bo‘lgandi. 2021 yilda Suares "Atletiko"ni chempionlikka erishishiga katta yordam beradi. O‘shanda hujumchi qattiq yig‘laydi va quvonchini yaqinlari bilan baham ko‘radi. Afsuski, futbolchilar koronavirus sababli muxlislar va oila a’zolarisiz chempionlikni nishonlashga majbur edi. Shunga qaramay, o‘zini yig‘idan tiya olmagan Suares, telefonda videoqo‘ng‘iroq orqali oilasi bilan bog‘langan edi.

Quvonch ko‘z-yoshlari

2014 yilgi APLdagi voqeadan bir necha oy o‘tib, Jahon chempionatida Urugvay guruh bahslarida Angliyani mag‘lubiyatga uchratadi. Hujumchi o‘sha o‘yinda dubl qayd etib, qahramonga aylangandi. Suares o‘yindan keyin shunday degan: "Ha, albatta. Men buni orzu qilardim. Hozir baxtliman va jamoa bilan g‘alabani bayram qilamiz. Men uzoq vaqt davomida faqat tanqidlar ostida yashadim. Bugun ularga javob qaytrishga harakat qildim".

Jarohat zahmi

"Atletiko" bu mavsum YECHL pley-offida "Portu"ga duch keladi. Ammo o‘yinni boshida, 13 daqiqadan keyin jarohat sabab Suares maydonni tark etishga majbur bo‘lgan. Hujumchi esa o‘z jamoasiga yordam bera olmasligini o‘ylab daryo-daryo yosh to‘kadi. Hali ham "matraschilar" o‘sha bahsni 3-1 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan. Aks holda, Suares qay ahvolga tushishini tasavvur qilish qiyin.

"Barselona"dan ketish

Suares "Atletiko"ga yo‘l olganidan bir necha oy o‘tib, u "Barselona"dagi so‘nggi kunlarini yodga oladi. U o‘shanda ko‘zlarida yosh bilan shunday degan: "U kunlar men uchun alamli va og‘ir edi. Men juda qattiq azob chekkanman va yig‘laganman. Chunki, hatto menga jamoadoshlarim bilan mashg‘ulot o‘tkazishga ruxsat berishmagandi. Eng alam qiladigani esa klub rahbariyati meni ustimdan qanday qaror chiqarishini menga aytmaganidir. Men o‘z taqdirimni birovlar hal qilishiga qarab turganman. Chunki boshqa ilojim yo‘q edi".

Luis Suares tez orada Madrid klubini tark etadi. U uchun keyingi manzil MLS bo‘lishi mumkin. Yana kim biladi deysiz...

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:18, 18.05.2022.
O'qildi: 2208 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик