Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-1 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Futzal Oliy ligasi. Mavsumning eng yaxshilari aniqlanmoqda

Futzal Oliy ligasi. Mavsumning eng yaxshilari aniqlanmoqda

Baho:
+ | -

Futzal Oliy ligasida 2021/22 yilgi mavsum o‘z nihoyasiga yetmoqda. O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi murabbiyi va futzalchisini aniqlab kelmoqda. Joriy mavsumdan eng yaxshilar so‘rovnoma o‘tkazish orqali aniqlab olinadi.

Unda Oliy liga jamoalari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Oliy liganing 12 jamoasi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi.

Mavsum 2021/22 ning eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun nomzodlar

Shuhrat Tashmedov (“Paxtakor”)
Aleksandr Petrov (AGMK)
Bahodir Ahmedov (“Jizzax Kenteks”)
Ahadjon Yusupov (“Lokomotiv”)
Abdulla Bo‘riyev (“Bunyodkor”)


Mavsum 2021/22 ning eng yaxshi futzalchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Husniddin Nishonov (“Jizzax Kenteks”)
Feruz Faxriddinov (“Paxtakor”)
Muzaffar Ahadjonov (AGMK)
Akbar Usmonov (“Lokomotiv”)
Davron Choriyev (“Jizzax Kenteks”).

Shuningdek, O‘zPFL ushbu ovoz berish jarayonida championat.asia, sports.uz, tribuna.uz, stadion.uz nashrlaridan ham ovozlar oladi.
Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa bosh murabbiylar, jamoa sardorlari hamda sport nashrlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar mavsumning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 08:40, 20.05.2022.
O'qildi: 1291 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик