Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Hakim Fuzaylov: "Yaxshi futbol ko‘rsatayotgan jamoaga qarshi o‘ynadik. Durang natijadan xursandman"

Hakim Fuzaylov: "Yaxshi futbol ko‘rsatayotgan jamoaga qarshi o‘ynadik. Durang natijadan xursandman"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Andijon” – “Buxoro” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov ishtirok etdi.

- Hakim Qayumovich, bahs haqida fikrlaringiz qanday?

- Nima ham derdim, avval ta’kidlaganimdek, pro liga murakkab liga bo‘lib bormoqda. Barcha jamoalar oxirigacha kurashmoqda. O‘tgan turda o‘z maydonimizda “G‘ijduvon” bilan durang o‘ynaganimiz ham har bir jamoa yaxshi tayyorgarlik ko‘rayotganligidan dalolat beradi. Bugungi o‘yin haqida nima deyishim mumkin? Ikki jamoadan ham hujumkor o‘yin ko‘rdik. “Andijon”ning kuchli tomonlarini o‘rganib chiqqandik. Menimcha, natija o‘yinga mos bo‘ldi. “Andijon”ning standart vaziyatlardan foydalanishini o‘yinchilarimiz yaxshi bilardi. Shunga monand ravishda tayyorgarlik ko‘rdik. O‘ylaymanki, hali asosiy o‘yinlar oldinda. Ko‘rinib turibdiki, o‘tgan yili Superligadan tushib ketgan 3 ta jamoa yana qaytish uchun astoydil kurashyapti. Bu borada bizni ham chiqish niyatimiz bor. Barchasini keyingi bosqichda ko‘ramiz.

- Natija siz uchun qoniqarlimi?

- To‘liq qoniqmadim. Umuman aytganda, bu bizning ketma-ket beshinchi duranggimiz. Agar bugungi o‘yinga kelsak, o‘z oldiga Superligaga chiqish maqsadini qo‘ygan jamoa bilan o‘ynadik. Bugun yaxshi futbol ko‘rsatayotgan jamoaga qarshi o‘ynadik. Ular o‘z uyida asosan g‘alaba qozonib kelayotgandi. Durang natija bilan qaytayotganimizdan xursandman. Hali hammasi oldinda.

- “Andijon” oxirgi uchta uchrashuvda oxirgi daqiqalarda gol urib g‘alaba qozonayotgandi. Siz bu jihatni o‘rganganmidingiz?

- Albatta, biz bu holatni ko‘rib, shunga yarasha o‘rganib tayyorgarlik ko‘rgandik. Men Viktor Kumikovni qanday mutaxassis ekanligini yaxshi bilaman. Kuchli, yaxshi jamoani shakllantirayotganini kuzatyapman. Standartlar, burchak zarbalari va autlardan qanday foydalanayotganini o‘rganib chiqdik. “Andijon”ning jismoniy jihatdan ancha yaxshi ekanligini ham bilardik.

- O‘tgan safar “Buxoro” autsayder bilan durang o‘ynadi. O‘shanda jamoaga nima yetishmadi?

- Foydalana olmagan imkoniyatlar bizga yetishmadi. Futbolchilarga ko‘rsatib berdim, biz 14 ta golli vaziyatni yaratgandik. Har safar to‘p ustunga tegdi, yonidan o‘tib ketdi. Hatto, penaltini ham golga aylantira olmadik. Ozgina qolgandi, ammo biz gol urolmadik.

- Bugun Shavkat Salomov qizil kartochka sababli maydonga tusha olmadi. Uning yo‘qligi jamoangizga bilindimi?

- Yo‘q, o‘rni bilinmadi. Agar o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, jamoaviy o‘yinni tashkil qilsak, raqibga yetarlicha qarshilik ko‘rsatishimizni futbolchilarga aytgandim. Shavkat o‘ynaganida yomon bo‘lmasdi. Axir u jamoaning yetakchisi-ku! Salomov xarakter ko‘rsata oladi va katta tajribaga ega bo‘lgan o‘yinchi. Jismoniy holati ham yaxshi edi. Umuman aytganda, jamoa yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Bugungi uchrashuvda to‘pni ko‘proq nazorat qildik. Shu bois mazkur natijaga erishdik.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:04, 21.05.2022.
O'qildi: 1424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.