Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Viktor Kumikov: "O‘yindagi yagona muammo shundaki, biz gol ura olmadik"

Viktor Kumikov: "O‘yindagi yagona muammo shundaki, biz gol ura olmadik"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Andijon” hamda “Buxoro” (0:0) klublari ishtirokidagi o‘yindan keyin odatga ko‘ra matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mezbonlar ustozi Viktor Kumikov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- O‘yin haqida nima deysiz?

- O‘yin yaxshi bo‘ldi. Uchrashuvdagi yagona muammo shundan iborat bo‘ldiki, biz gol ura olmadik. Bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin to‘p darvozaga kirmadi. Birgina Farhod Sohibjonovning o‘zi uchta gol urishi mumkin edi. Ha, shunday, doim ham gol ura olmaysan va doim ham g‘alaba qozona olmaysan. Xavotirli joyi yo‘q. Yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. O‘ylaymanki, bir ochko ham yomon natija emas. Albatta, g‘alaba qozonishni xohlagan edik. Afsuski, o‘xshamadi. Keyingi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Doimgidek, oxirgi daqiqalarda gol urishni xohlagandik. Bu safar o‘xshamadi. Nima bo‘ldi?

- Nima ham bo‘lardi, gol urolmadik. Vaziyatlar bo‘ldi, ammo foydalana olmadik. Shahboz Erkinovda ham imkoniyatlar bor edi. Omad ham raqib tomonida bo‘ldi.

- Natijadan qoniqdingizmi?

- Yutishni xohlagandik. Ammo oxirgi daqiqada bundan ham yomoni bo‘lishi mumkin edi. Umumiy ma’noda aytganda, bir ochko ham yomon emas. Bu safar yutmadik, ammo keyingi safar albatta g‘alaba qozonamiz. Hozir futbolni hamma yaxshi o‘ynayapti. Shu sababli uch ochkoni olish oson emas, mushkul vazifaga aylanib qolgan.

- Oxirgi daqiqalarda o‘yinchilarda charchoq alomatlari kuzatildi. Nima sababdan almashtirmadingiz?

- Siz ishonasizmi, agar men o‘yinchi almashtirsam vaziyat yaxshilanishiga?! Mabodo, hisob boshqacharoq bo‘lganida almashtirsak bo‘lardi. Lekin u paytda vaziyat qaltis edi. Men doim ta’kidlayman, hisob 0:0 bo‘lib turgan mahalda yoshlarni maydonga tushirish qiyinroq. Aniqki, yoshlar bunday vaziyatlarda xato qilishi mumkin. Yoshi katta futbolchilar esa bunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni yaxshi bilishadi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:08, 21.05.2022.
O'qildi: 1338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.