"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele yozgi transfer oynasida jamoani tark etadi, deya xabar berdi Sport.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash umidini deyarli yo‘qotgan. Qolaversa, Dembelening o‘zi faoliyatini "PSJ"da davom ettirmoqchiligi ham muzokaralarni qiyinlashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Usmonning "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha tuzilgan.