Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 1-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Futzal. VMV liga g‘olibi, “Kogon Oil Star”da oliy liga uchun hali imkoniyat bor

Futzal. VMV liga g‘olibi, “Kogon Oil Star”da oliy liga uchun hali imkoniyat bor

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha Birinchi liga o‘yinlari nihoyasiga yetdi. 15 turdan iborat musobaqaning so‘nggi turiga qadar sovrindorlarning nomi ma’lum bo‘lmaganligi liganing mavqeini isbotladi. Uchinchi o‘rin uchun “Dizak”ning imkoniyati balandroq edi, durang, hatto bitta to‘p farqidagi mag‘lubiyat ham “Dizak”ning foydasiga ishlar edi. Uchrashuvning dastlabki olti daqiqasida jizzaxliklar navoiyliklar darvozasiga uchta gol kiritishib, masalani uzil-kesil hal qilib bo‘lgandek edi, biroq “Qizilqum” futzalchilari chinakam matonat ko‘rsatib, o‘yinni talab qilingan ikkita gol farqida o‘z foydasiga hal qilishning uddasidan chiqishdi.

Birinchi va ikkinchi o‘rinlarga kurashgan VMV hamda “Kogon Oil Star” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ham jiddiy kurashlarga boy bo‘ldi. Teng kuchli jamoalarning bahsida omad toshkentliklarga kulib boqdi. VMV Birinchi liga g‘olibi sifatida Oliy ligaga yo‘llanma oldi. “Kogon Oil Star”da ham hali imkoniyat bor. Furqat Xayrullayev shogirdlari endi Oliy liganing 11-jamoasi – “Dinamo” bilan o‘tish uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yinning tartibiga binoan mazkur bahs bir jamoaning ikkita g‘alabasiga qadar davom etadi.  Pley-off uchrashuviga 26-28 may kunlari Jizzax shahri mezbonlik qiladi.

 

Futzal. Birinchi liga.

Toshkent. “Bunyodkor” futbol akademiyasi sport zali. 5-tur.

 

Ikkinchi kun. 22 may, yakshanba

 

QIZILQUM – DIZAK – 5:3 (1:3). 67 tomoshabin.

Hakamlar: Sanjar Nazarov, Oybek Kallaxo‘jayev, Aziz Karimov

Nazoratchi: Sergey Petrov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Azizjon Shaharov (18, 28), Jaloliddin Egamov (36, 35), Allayor Sadirov (32) – Suxrobjon Aytboyev (3), Jahongir Narzullayev (5), Nazarbek Usmonov (6)  

Ogohlantirishlar: Allayor Sadirov (16), Azimjon Shamsutdinov (34) – Urozboy Norboyev (9).

 

VMV – KOGON OIL STAR – 3:1 (1:1). 255 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Adham Rixsiboyev, Il\om Abdulakov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Aziz Mamatov (9), Asli Muhammadiyev (29), Sirojiddin Shokirov (34) – Sohib Narzullayev (15-pen.)

Ogohlantirishlar: Bekzod Amanullayev (14), Fernando De Souza (28), Sunnat Qurolov (36) – yo‘q.

 

FIDOKOR – MASH’AL - -:+.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:16, 23.05.2022.
O'qildi: 1500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик