"Manchester Siti" yarim himoyachisi Jek Grilish Gucci elchisiga aylandi.
26 yoshli angliyalik yarim himoyachi italiyalik kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan shartnoma imzoladi va u taxminan 1,7 million dollar ishlab topadi.
"Gucci kompaniyasiga qo‘shilganimni va brend elchisi bo‘lganimni e’lon qilish katta sharaf", deb yozadi Grilish.