Ispaniya La Ligasining navbatdagi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Shu sababli, Primyeroning eng yaxshilarini tanishtirib o‘tsak.
To‘purar: Karim Benzema (Real Madrid) - 27 gol
Eng yaxshi gol+pas: Karim Benzema (“Real Madrid”) – 39 ochko (27+12)
Karim Benzemaning buyukligi bu mavsumda to‘liq namoyon bo‘lmoqda. "Real Madrid"ning eng yaxshi futbolchisi? Shubhasiz. La Ligadagi eng yaxshi futbolchi? Boshqa variantni topishingiz dargumon.
Gollar borasida esa eng yaqin ta’qibchi "Selta"dan Yago Aspas bo‘lib, unda 18 ta gol bor. Ammo gol+pas tizimida Vinisius Junior ikkinchi pog‘onani egalladi.
21 yoshli braziliyalik ham kuchli mavsumni o‘tkazdi va bu mavsumda u haqiqiy yetakchi sifatida shakllandi. Kelgusi mavsumda Vinisius muxlislar Kilian Mbappe bilan muzokaralardagi fiaskoni eslab qolmasligi uchun hamma narsani qilishga harakat qiladi.
Eng yaxshi assistent: Usmon Dembele (“Barselona”) – 13 golli uzatma
Mavsum boshlanishidan oldin Usmon Dembele va “Barselona” o‘rtasidagi munosabatlar butunlay buzilib ketgandek edi. Ammo Xavi bo‘ysunmaydigan futbolchi faoliyatini qayta tikladi. Fevral oyining oxiridan aprel oyining o‘rtalariga qadar Dembele bitta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Benzema hisobida 12ta Alba («Barselona»), Parexo («Vilyarreal») va Munyain («Atletik») 10tadan golli uzatma bor.
G‘alaba keltirgan gollar: Karim Benzema (Real Madrid) - 8 gol
Benzemaning ta’siri bilan hammasi aniq. Aspas (“Selta”), Xuanmi (“Betis”), Depay (“Barselona”) va Vinisius (“Real”) oltitadan hal qiluvchi gol urishdi. Aspas bir vaqtning o‘zida jamoani chindan ham tortib oldi. Uning 18 ta goli jami gollarning 41,9 foizini tashkil qiladi.
Eng muhim to‘purar: Enes Unal (Xetafe) - Jamoa gollarining 48,5 foizini urgan.
"Xetafe"ni qutqarish Enes Unal nomi bilan atalgan. Turkiyalik hujumchi jamoasining 33 ta golidan 16 tasini kiritgan. Yana bitta golli uzatma ham amalga oshirgan.
Aytgancha, yana bir bor Benzemaning buyukligi haqida: u “Real Madrid”ning umumiy gollariga qo‘shgan hissasi 33,8% foizni tashkil etadi.
Supersub: Lamela (“Sevilya”), Falkao (“Rayo Valekano”), Korrea (“Atletiko Madrid”), Mir (“Sevilya”) – zahiraga tushganidan keyin 4 tadan gol
Mavsumning eng yaxshi “sehrli tayoqchasi” - Erik Lamela. 10 marta zahiradan o‘yinga qo‘shildi va to‘rtta gol urdi. Birinchi davrada 3 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan Radamel Falkao uchun mavsum boshlanishigina yorqin bo‘ldi.
Garchi umumiy samaradorlikni oladigan bo‘lsak, Supersub-2022/2023 - "Atletiko"dan Mateus Kunya. U 21 marta zaxiradan maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eng yaxshi darvozabon: Aleks Remiro (“Real Sosedad”) – 35 ta o‘yin 19 tasi “quruq” (54,3%).
“Real Sosyedad” Yevropa ligasiga yo‘llanma oldi va bu natijada darvozabon Aleks Remironing hissasi katta. U klubga 2019 yilda (“Atletik”dan) erkin agent sifatida qo‘shildi va yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Ispaniya terma jamoasiga chaqiruv olish vaqti keldi.
Tibo Kurtua ham yaxshi mavsum o‘tkazdi - 36 uchrashuvda 16 tasi “quruq” (44,4%).
"Temir odamlar": Oblak (“Atletiko Madrid”), Ledesma (“Kadis”) va Dituro (“Selta”) - 38 ta o‘yinning barchasini o‘tkazgan.
Butun mavsumni almashtirishlarsiz o‘tkazgan eng yaxshi futbolchilar an’anaga ko‘ra darvozabonlardir. “Xetafe” futbolchisi David Soriya jarohat olib, besh daqiqagina vaqtni o‘tkazib yuborganligi sabab bu ro‘yxatdan joy ola bilmadi.
Eng yosh futbolchi: Gavi («Barselona») - maydonga 17 yoshu 24 kunligida tushgan.
Gavi - mavsumning kashfiyotihisoblanadi. 17 yoshli bolakay La Ligada 29 avgust kuni "Xetafe" bilan o‘yinda (2:1) debyut qildi. Garchi uning klub rasmiy saytida profili ham yo‘q edi. Natijada, u mavsum davomida 34 ta o‘yin o‘tkazdi (2326 daqiqa), ikkita gol va oltita golli uzatma amalga oshirdi.
Eng keksa o‘yinchi: Xoakin (“Betis”) - maydonga 40 yosh, 9 oy va 29 kunligida tushgan.
Xoakin o‘z faoliyatida hamma narsani ko‘rgan, ammo 40 yoshida u "Santyago Bernabeu"da so‘nggi 15 daqiqa o‘ynashga tayyor. Aynan 20 may kuni "Real Madrid" bilan o‘yinda "Betis"ning mega faxriysi o‘zini mavsum tarixiga yozdi.
Yana ikki nafar 40 yoshdan oshgan yigitlarni alohida ta’kidlash joiz. Darvozabon Diyego Lopes "Espanyol" tarkibida mavsumda 36 ta o‘yinda maydonga tushdi. So‘nggi turda "Granada" bilan o‘yinda u 40 yoshu 6 oy 19 kunligida maydonga tushdi. Qizig‘i, Xorxe Molina (aniq 40 yoshu 1 oy) o‘sha uchrashuvda maydonga tushgan. Aynan Molina eng muhim penaltini amalga oshira olmadi, buning evaziga “Granada” elitada qolishi mumkin edi.