Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Inyaki Uilyams: «O‘zimni alday olmayman - qalban baskman»

Inyaki Uilyams: «O‘zimni alday olmayman - qalban baskman»

Baho:
+ | -

Butun Bilbao faxriga aylanib ulgurgan «Atletik» hujumchisi Inyaki Uilyams taxminan 6 yil oldin, ya’ni katta futbolda ilk marta ko‘rinish berganidayoq Gana futbol assosiasiyasi e’tiboriga tushgandi.

Afrikaliklar shundan buyon undan umidvorlar. Biroq Inyakining o‘zi Ispaniya milliy jamoa­sida o‘ynashga moyildek. «Atletik» vakili shu kunga qadar «qizil furiya»ning 1ta norasmiy o‘yinida qatnashdi va unda futbol fuqaroligini o‘zgartirib, Gana termasini tanlash imkoniyati yo‘q emas. Qolaversa, Uilyams Ganani yaxshi ko‘radi, o‘zini shu mamlakat madaniyatining bir parchasidek his qiladi. U hattoki, tvi tili (Ganadagi mahalliy tillardan biri)ni yaxshi biladi. Faqat shunisi borki, hujumchi har doim, hamisha qalban bask bo‘lib qolishni xohlaydi. Demak, u hamon xalqaro darajada Ispaniya milliy jamoasi sharafini himoya qilish niyatida. Inyaki The Guardian nashriga bergan intervyusida ham buni alohida ta’kidladi.

- Ganada sizni hamon mamlakat milliy jamoasida ko‘rishdan umidvorlar. Bunga nima deysiz?

- Ha, Ganada ulg‘aydim, bundan alohida faxrlanaman ham. Hozirgi darajaga yetishishimda ushbu mamlakatning o‘rni beqiyos, albatta. Ganaliklar meni o‘z milliy jamoa­larida ko‘rishni xohlayotganlari ham quvonarli hol. Biroq o‘zimni aldashimga hojat yo‘q - qalban baskman. Axir Ispaniyada, aynan Bilbaoda tug‘ilganman.

- Demak, Ispaniya milliy jamoasida o‘ynash orzusi hamon siz bilan birga, shundaymi?

- Yo‘q, bu ikkinchi masala. Asosiysi shuki, oilamning kelib chiqish tarixini ham, ajdodlarimni ham hech qachon unutmayman. Shuning barobarida o‘zimni baskdek his qilaman. Tushuning, bu borada kimnidir aldamoqchi emasman. Ishonchim komil, Gana termasiga rozilik bersam, ancha qulayliklarga ega bo‘laman. Ammo haqiqat bitta - u yerda tug‘ilmaganman, bu jamoada o‘ynashga qalbim yo‘l qo‘ymaydi. Zero, madaniyat, yurish-turish o‘z yo‘liga, qalb masalasi... Binobarin, Ganada shunday futbolchilar borki, ular uchun milliy jamoa­dan chaqiruv olish ko‘proq narsani anglatadi. O‘ylaymanki, chindan ham, jamoa­da o‘ynashga munosib va Ganani 100 foiz his qiladigan qaysidir yigit o‘rnini egallashim to‘g‘ri emas.

- Umuman, Gana futboliga nechog‘li qiziqasiz, deylik, nimalarni bilasiz?

- To‘g‘risi, bu haqda onam ko‘proq ma’lumotga ega. Har holda, u Ganada futbolni qay darajada yaxshi ko‘rishlarini juda yaxshi biladi. U yerda muxlislik o‘zgacha, hattoki, futbolchilarning onalari uchun biroz xavotirli... Aytgancha, onam asabiylashsa yoki g‘azablansa, bizni tvi tilida urishadi. To‘g‘ri, odatda uyda asosan ispan tilida gaplashamiz. Aslida ota-onam Ispaniyaga ko‘chib kelgan vaqt biz uchun ingliz tili asosiy muloqot vositasi bo‘lgan, lekin uni sekin-asta unutdik. Ha, hozir ham ingliz tilida suhbatlashishim mumkin, lekin uncha ravon gaplasholmayman. Deylik, bobom va buvim qo‘ng‘iroq qilishsa, ular bilan tvi tilida gaplashaman. Umuman, Gana madaniyati, milliy taomlari va an’analaridan hamisha hayratlanaman. Shu madaniyatning bir parchasi ekanligimdan bag‘oyat xursand­man.

- Ganaga sayohat uchun borish qanday?

- O-o, zo‘r. Ota-onam poytaxt - Akkradan. Albatta, bu shaharga tez-tez borishni istayman. Juda chiroyli joylar ko‘p.

Manba: iff.uz
Kiritildi: 08:30, 25.05.2022.
O'qildi: 1303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.