Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

«Chelsi»ning yangi xo‘jayinlari yozda transferlar uchun 200 mln funt ajratishga tayyor

«Chelsi»ning yangi xo‘jayinlari yozda transferlar uchun 200 mln funt ajratishga tayyor

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozgi transferlar vaqtida 200 million funt xarajat qilishi mumkin. Todd Bouli konsorsiumi London klubini xarid qilgach, transferlar uchun shuncha pul ajratmoqchi.

«Chelsi»ning asosiy maqsadi himoya chizig‘ini kuchaytirish. Yozda jamoani Antonio Ryudiger, Andreas Kristensen va katta ehtimol bilan Sezar Aspilikueta ham tark etadi.

«Aristokratlar» Jyul Kunde («Sevilya») va Yoshka Gvardiol («Leypsig») variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Londonliklarning ro‘yxatida 8 himoyachi, jumladan, Pau Torres («Vilyarreal») va Xose Ximenes («Atletiko») o‘rin olgan.

Shuningdek, «Chelsi» Orelyen Tchuameniga ham qiziqish bildirdi. Ammo «Monako» yarim himoyachisi «Real»ga o‘tishni xohlamoqda. «Vest Hem» esa o‘z futbolchisi Deklan Raysni 150 million funtga baholamoqda.

Timo Verner, Hakim Ziyosh yoki Kristian Pulishich sotib yuborilsa, «ko‘klar» 2023 yilda erkin agentga aylanadigan Rahim Sterling («Manchester Siti») transferini ko‘rib chiqadi.

«Chelsi» hujumchisi Romelu Lukakuning kelajagi esa hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:46, 25.05.2022.
O'qildi: 2883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик