Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
27/02 18:00 Buxoro - Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon - So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor - Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Konferensiyalar ligasi. Final. O‘yin taqdirini hal qilgan vaziyatlar

Konferensiyalar ligasi. Final. O‘yin taqdirini hal qilgan vaziyatlar

Baho:
+ | -

Yevropa konferensiyalar ligasi musobaqasi finalida "Roma" Niderlandiyaning "Feyenoord" klubi bilan to‘qnash kelib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. UEFA.com muxbirlari o‘yin taqdirini hal qilgan vaziyatlarga to‘xtalib o‘tishdi.

Tutqich bermas Dzanyolo
Nikolo Dzanyolo yana kerakli joyda va kerakli vaqtda paydo bo‘ldi hamda musobaqa doirasida mavsumdagi beshinchi golini urdi. Yarim himoyachi avvalroq "Bude-Glimt"ga qarshi chorak final bahsida 3ta gol muallifiga aylanan bo‘lsa, guruh bosqichida "Zarya" darvozasini bir marta ishg‘ol qilgandi. Dzanyolo finalda ham o‘zini ko‘rsatdi va o‘z imkoniyatidan samarali foydalandi.

Himoyada ishonchli, hujumda xavfli o‘yin
Mourinyo tomonidan ishlab chiqilgan taktik reja deyarli ideal ishladi. Rimliklar o‘zlarining ilk imkoniyatlaridan unumli foydalanishgan bo‘lsa, "Feyenoord" hujum qilayotganida raqib imkoniyat bermaslikka harakat qilishdi. Mourinyo shogirdlari himoyada mustahkam o‘yinni qo‘yishgach, hujumga dadil tashlanishdi. Bunda markazda Lorenso Pellegrini, qanotlarda esa Nikola Zalevski va Rik Karsdorpning harakatlarini e’tirof etish joiz. "Bo‘rilar" hisobni ochishganidan so‘ng ham ustunlikni raqibga berib qo‘yishmadi. To‘g‘ri, ustunlik sezilarli bo‘lmadi, ammo shuning uchun sovrin yutish uchun yetarli bo‘ldi.

Eng yaxshi himoya — hujum
Futbolda shunday maqol bor. "Feyenoord" buni amalda qo‘llashga urinib ko‘rdi, ammo muvaffaqiyat qozona olmadi. Niderlandiyaliklar birinchi taymda to‘p bilan va to‘psiz u qadar yaxshi harakat qila olishmadi. Natijada jamoa tanaffusga qadar "Roma"ga hech qanday bosim o‘tkaza olmadi. Bu esa rimliklarni qanoatlantirdi. Rotterdamliklarning bunday o‘yini Dzanyoloning goli bilan yakunlandi.

Smolling Dessersni qurolsizlantirdi
"Feyenoord"ning asosiy kuchi va musobaqaning eng yaxshi to‘purari hisoblangan Siril Dessersni "Roma" himoyachisi Kris Smolling to‘liq ishdan chiqardi. Angliyalik futbolchi to‘p uchun yakkakurashlarning aksariyatida g‘olib chiqdi, raqibga bo‘sh hudud qoldirmadi. Eng muhimi esa, Smolling raqib hujumchisining zarbavor vaziyatga chiqishiga yo‘l qo‘ymadi. "Feyenoord" hujumida mas’uliyatni o‘ziga oladigan boshqa futbolchi topilmadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:50, 26.05.2022.
O'qildi: 2554 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.