Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Hakamni urgan futzalchilar ikki yilgi futboldan chetlatildi - O‘FA tartib-intizom qaror

Hakamni urgan futzalchilar ikki yilgi futboldan chetlatildi - O‘FA tartib-intizom qaror

Baho:
+ | -

O‘zbekistonfutbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

“QIZILQUM” — “SURXON”

O‘zbekistonSuperligasining 10-turidan o‘rin olgan “Qizilqum”— “Surxon” uchrashuvning 54-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Iqboljon Malikjonov bosh hakam tomonidan ogohlantirilgandan so‘ng yon hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Iqboljon Malikjonovga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“DINAMO” — AGMK

Superliganing 10-turi doirasidagi “Dinamo”— AGMK uchrashuvning 90+5-daqiqasida AGMK jamoasi murabbiyi Pavel Bugalo yon hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Pavel Bugaloga nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“SURXON” — “SO‘G‘DIYONA”

U-21 Birinchiligi 9-turi doirasidagi “Surxon”— “So-diyona” uchrashuvning 78-daqiqasiga kelib “Surxon” jamoasi futbolchisi Asilbek Temirov oyin toxtatilgan vaqtda raqib oyinchisining kokrak qismiga urgani va tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asilbek Temirovga nisbatan 3ta o‘yinga diskvalifikasiya va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“ARAL” — “CHIG‘ATOY”

Birinchi liga 6-turi doirasidagi “Aral”— “Chig‘atoy” uchrashuvning 90-daqiqasiga kelib o‘yin to‘xtatilgan vaqtda “Aral” jamoasi futbolchisi Asad Djumanmuratov raqib o‘yinchisiga nisbatan qilgan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asad Djumanmuratovga nisbatan 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“QIZILQUM-W” — “NEFTCHI-W”

Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi “Qizilqum-W” — “Neftchi-W” uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Qizilqum-W” jamoasi futbolchisi E’zoza Sharipova jamoasiga nisbatan o‘yin qoidasi buzilgandan so‘ng raqib o‘yinchisi sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan va qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, E’zoza Sharipovaga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish chorasi qo‘llanildi.

“NAVBAHOR — “METALLURG”

Futzal Oliy ligasi 12-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari”— “Metallurg” uchrashuvining 40-daqiqasida hakam tomonidan “Navbahor” jamoasi o‘yinchisi Doniyor Sotvoldiyevga qizil kartochka koʻrsatiladi. Shundan so‘ng “Navbahor” jamoasi futbolchisi Ilxom Yusupjanov uchrashuv hakami oldiga borib o‘z e’tirozlarini qo‘pol tarzda bildiradi va unga nisbatan kuch ishlatadi.

Shuningdek, jamoa a’zolari va boshqalar tomonidan janjalli holatni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgan vaqtda yana bir “Navbahor” futbolchisi G‘ulomjon Mamadjonov ham uchrashuv hakamiga nisbatan kuch ishlatadi.

Mazkur uchrashuv internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilayotgani, keyinchalik ushbu holat aks ettirilgan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va keng jamoatchilik tomonidan jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lgan.

QAROR

O‘zbekistonfutbol assosiasiyasi Intizom kodeksining 5.48, 5.49-bandiga asosan “Navbahor” futbolchilari Ilxom Yusupjanov va G‘ulomjon Mamadjonovga nisbatan 2 yil muddatga futbol bilan bogʻliq har qanday faoliyatdan chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, “Navbahor lochinlari” klubi tomonidan 2022-yilgi mavsumda O‘zbekistonprofessional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalar Reglamentining 16.2,16.3,16.4-bandlariga rioya qilinmagani uchun klubga ham jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 11:56, 27.05.2022.
O'qildi: 1790 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик