Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Levandovski — bu mashina! Bundesliganing 2021/2022 yilgi mavsumining qahramonlari

Levandovski — bu mashina! Bundesliganing 2021/2022 yilgi mavsumining qahramonlari

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatida bu mavsumni kimlar qanday o‘tkazishdi: barcha omadlilar, yangi kelganlar, to‘purarlar va yilning boshqa top futbolchilari haqida so‘z yuritamiz. "Bavariya" ketma-ket 10 marta Bundesligada g‘olib chiqdi, ammo o‘tgan mavsum qahramonlari nafaqat uning futbolchilari bo‘lishdi.

Eng yaxshi to‘purar: Robert Levandovski (“Bavariya”) – 35 gol

Barqarorlik mukammallik belgisidir. Levandovski ketma-ket beshinchi va faoliyatida yettinchi marta Germaniya chempionatida mavsumning asosiy to‘purariga aylandi.

Eng yaqin raqiblar Robertning natijalariga yaqinlasha olishmadi. “Bayer” hujumchisi Patrik Shik hisobida 24 ta, Erling Xolandda esa 22 ta gol bor.

“Gol+pas” tizimidagi eng yaxshi: Robert Levandovski (“Bavariya”) – 38 ochko (35+3)

Gol urishdagi yutuqlari tufayli Robert Levandovski mavsum davomida kamdan-kam hollarda sheriklarga assist bergan bo‘lsa ham, “gol+pas” tizimida eng yaxshisiga aylandi: atigi uch marta golli uzatma. Levaning uzatmalaridan Serj Gnabri, Leon Goreska va Jamol Musiala gol urishdi.

Kristofer Nkunku (“RB Leypsig”) o‘zini yanada serqirra ko‘rsatdi, u 33 ochko to‘pladi, 20 gol urdi va qo‘shimcha ravishda 13 golli uzatmani amalga oshirdi.

Eng yaxshi assistent: Tomas Myuller (“Bavariya”) – 18 golli uzatma

“Bavariya” vakili ham mavsumning eng yaxshi assistentiga aylangani ajab emas. Myuller mavsumning birinchi qismini kuchli o‘tkazdi va yanvar oyi o‘rtalariga kelib, 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Ikkinchi o‘rinda “RB Leypsig” futbolchisi Kristofer Nkunku (13), “Borussiya Dortmund” futbolchisi Marko Roys va “Bayer” hujumchisi Mussa Diabi 12 tadan golli uzatmaga ega.

Eng ko‘p g‘alaba gollari muallifi: Tayvo Avoniy (“Union Berlin”) - 7 gol

Levandovski mavsumdagi g‘alabali gollari soni bo‘yicha atigi ikkinchi o‘rinda (oltita gol), ammo bu ko‘rsatkich bo‘yicha "Union"dan Tayvo Avoniy peshqadamga aylandi. Erling Xoland (“Borussiya Dortmund”), Entoni Modest (“Kyoln”) va Lukas Nmecha (“Volfsburg”) har biri beshtadan g‘alaba to‘pini kiritishdi.

Eng muhim to‘purar: Entoni Modest (“Kyoln”) – jamoa gollarining 38,5 foizi

Entoni Modessiz “Kyoln” nima qiladi? Agar uning gollari bo‘lmaganida klub turnir jadvalida bunchalik yuqori (7-o‘rin) bo‘lishi dargumon edi: jamoaning chempionatdagi 52 ta golidan 20 tasi aynan shu fransiyalik futbolchi hisobiga yozildi.

Robert Levandovski bu yerda ham ikkinchi o‘rinda - "Bavariya"ning joriy mavsumdagi gollarining 36,1% uning hisobida. Jamoaga shunday ta’sir ko‘rsatadigan hujumchi jamoani tark etsa, uning o‘rnini to‘ldirish qiyin bo‘ladi.

Eng yaxshi darvozabon: Manuel Noyer (“Bavariya”) va Koen Kastels (“Volfsburg”) – 28 ta o‘yinda 10 tasida darvozasidan gol o‘tkazmagan (35,7%)

Eng yaxshi darvozabon unvonini uchun Manuel Noyer va Koen Kastels bir xil statistikaga ega: ikkala darvozabon ham 28ta o‘yinda maydonga tushib, ulardan 10tasida nolga o‘ynagan.

"Temir odamlar": Gyunter (“Frayburg”), Gikevich (“Union”) va Arnold (“Volfsburg”) barcha 34 turda maydonga tushgan

"Frayburg"ning chap qanot himoyachisi Kristian Gyunter va "Union" darvozaboni Rafal Gikevich butun mavsumni to‘liq o‘tkazdi (3060 daqiqa). Yana bir futbolchi – “Volfsburg” yarim himoyachisi Maksimilian Arnold barcha 34 turda maydonga tushdi.

Eng yosh futbolchi: Pol Uanner (“Bavariya”) – maydonga 16 yoshu 15 kunligida tushgan

2022 yilning boshida “Bavariya” jamoada katta muammolarga duch keldi va klub tarbiyalanuvchilarini yordamga chaqirishga to‘g‘ri keldi. Pol Uanner "Borussiya"ga qarshi o‘yinda debyut qildi, 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va mavsumda yana bir necha bor asosiy jamoa o‘yinlarida ishtirok etdi.

Eng keksa futbolchi: Makoto Xasebe (“Ayntraxt Frankfurt”) – maydonga 38 yosh, 3 oy va 26 kunligida tushgan

Ushbu yutuqni "Ayntraxt" himoyachisi 14 may kuni, mavsumning so‘nggi turida qo‘lga kiritdi. Hozir Xasebe asosan rotasiyachi, u unchalik ko‘p to‘liq o‘yin o‘tkazmagan. Yaponiyalik yana bir mavsum Frankfurtda to‘p tepishi, keyin esa klub murabbiylar shtabiga kirishi allaqachon ma’lum qilingan.

Kiritildi: 14:26, 27.05.2022.
O'qildi: 1591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.