2018 va 2019 yillarda «Chelsi» belgiyalik ikki yetakchi Tibo Kurtua va Eden Azarni Madridga qo‘yib yubordi. Darvozabon va vinger o‘z orzulari vatani bo‘lgan Ispaniyaga jo‘nab ketdi. Endi «Chelsi» 2022 yilda ham o‘sha xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun Antonio Ryudigerni jamoada olib qolishga harakat qiladi. Biroq ayni paytda bu deyarli imkonsiz. Nemis futbolchisiga umumiy baho berish eng qiyin ish. Bir tomondan, Ryudiger universal o‘yinchi emas va maydonda bir qaraganda mukammal harakatlari bilan ajralib turmaydi. Boshqa tomondan, uning ijobiy fazilatlarini topish qiyin emas.
Ryudigerning asosiy kamchiligi - bu taktik birxillik. Antonio faqat faol himoya talab etiladigan harakatlarda samarali o‘ynaydi xolos.
«Chelsi» statistik ma’lumotlarga ko‘ra, himoyaviy faollik bo‘yicha 2021/22 mavsum Premyer-ligada to‘rtinchi o‘rinni band etgan. Londonliklar «Lids», «Manchester Siti» va «Liverpul»dan keyingi qatorda. Tuxel faqat Pep Gvardiolaga qarshi bahslarda yoki Angliya kubogi finalidagi o‘yinda biroz ochiq futbol ko‘rsatdi xolos. Aks holda, Tuxel shogirdlari yuqori bosim va kuchli himoya chizig‘i bilan raqiblarini bo‘g‘ib tashlashni yaxshi ko‘radi.
2021/22 yilgi mavsumda Premyer-ligada Antonio o‘rtacha 39% pressing harakatlarini bajargan. Nemisning mudofaadagi faoliyatining yarmidan ko‘pi birinchi chiziqdan tashqari zonalarda bo‘lgan. Ryudigerning uslubi ham an’anaviy. U markaziy himoyachilardan iborat trioda o‘ynashni ma’qul ko‘radi. Bu uning uchun xavfsizroq zona. Yuqorida aytganimizdek, Antonio tavakkal qilishni u qadar yoqtirmaydi. Buning isboti sifatida o‘tgan mavsumni olish mumkin. 2020/21 yilgi mavsumning birinchi yarmida Frenk Lempard 3-X-X tuzilmasidan voz kechgan va «Chelsi» 4-3-3 sxemasida liganing 13 ta o‘yinini o‘tkazgan. Antonio shundan so‘ng tarkibdan tushib qola boshladi. Tuxel kelguniga qadar u bor-yo‘g‘i sakkizta o‘yin o‘tkazdi xolos. Ularning yarmi «Krasnodar», «Morekambe» va «Fulxem» bilan bahslarga to‘g‘ri keladi. Tomas Tuxel jamoa bosh postiga kelganida esa himoyachi o‘zini ko‘rsatdi.
Futbolchining ko‘rsatgan natijalari ham tahsinga loyiq. Birinchidan, Ryudiger kuchli pas bera oladi. O‘tgan Premyer-liga mavsumi bo‘yicha Antonio to‘pni uzatgan masofasi bo‘yicha 12-o‘rinni egalladi. Bu himoyachilar orasida eng yaxshi natija hisoblanadi. (90 daqiqada o‘rtacha 374 metrdan). Nemis futbolchisi uzoq paslar bo‘yicha ham «Chelsi»ning ikkinchi markaziy himoyachisi hisoblanadi: o‘rtacha 90 daqiqada har 15 ta pas va ularning 10,6 tasi aniq.
Ikkinchidan, Ryudiger to‘g‘ri joy tanlashda ham barchaga namuna bo‘la oladi. U «Tottenxem», «Lester» va «Real» darvozasiga kiritgan shu uslubdagi gollari evaziga muxlislar yodida qolgan. Uning bu jihatlarini istalgan himoyachidan ham topaverish qiyin. Burchak va jarima zarbalarini amalga oshirish chog‘ida Ryudiger doim ham xavfli. U «Chelsi»ning 2021/22 yilgi mavsumdagi eng yaxshi uch o‘yinchisidan biriga aylandi.
Quyida Ryudiger bilan bog‘liq statistikalar haqida so‘z yuritamiz.
To‘p uchun muvaffaqiyatli kurash: 53% («Chelsi» markaziy himoyachilari orasida 5-o‘rin)
Muvaffaqiyatli pressing harakatlari: 31,3% (5-o‘rin)
90 daqiqa davomidagi blokirovkalar: 0,39 (6-o‘rin)
Qisqa paslarning hajmi va aniqligi, o‘rtacha 90 daqiqada: 20,7, 94,1%
90 daqiqadagi o‘rtacha sprinterlik harakatlari hajmi va aniqligi: 35,9, 94%
90 daqiqa davomidagi uzoq paslar hajmi va aniqligi: 70,6%
Yakkakurashlarda g‘olib bo‘lish ulushi: 69,1% (1-o‘rin)
Uning uchun mavsumning diqqatga sazovor joyi «Brentford»ga qarshi uy uchrashuvidagi gol bo‘ldi.
Ryudigerning o‘zi uchun London qadrli maskan bo‘lib qolaveradi. U bu yerni tark etishini juda hissiyotlarga boy tarzda tilga oldi:
«Chelsi» doim yuragimda qoladi. London har doim mening uyim bo‘lib qoladi. Men bu yerga yolg‘iz keldim, oilam va ikki farzandim bilan ketyapman”, - deydi Antonio Ryudiger. «Real Madrid»ga qarshi «Santyago Bernabeu»dagi gol Antonio Ryudiger uchun butun faoliyati davomida yevrokuboklarda urgan birinchi goldir. O‘z o‘rnida albatta, mavsumning eng yaxshi o‘yini «Santyago Bernabeu»da «Real»ga qarshi uchrashuvda bo‘lib o‘tdi. U kutilmagan aqlli paslari bilan raqib himoyasini yorib o‘tish qobiliyatiga ega.
Shu bilan birga Antonioning jamoasi «Chelsi» uchun ham mavsumning eng yomon o‘yini aynan «Real Madrid»ga qarshi kechdi deb aytish mumkin. Jamoa yutib turgan vaziyatida alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi va kelasi bosqich yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.