Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Vadim Abramov: «Shomurodov keyingi mavsumda «Roma»da qolish-qolmaslikni o‘zi his etishi kerak»

Vadim Abramov: «Shomurodov keyingi mavsumda «Roma»da qolish-qolmaslikni o‘zi his etishi kerak»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov «VsyoProSport» muxbiri bilan suhbatda Yevropa konferensiyalar ligasi finalida bo‘lib o‘tgan «Roma» va «Feyenoord» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (1:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o‘yin tugashiga 1 daqiqa qolganida zaxiradan maydonga tushdi. U musobaqa doirasida 11ta o‘yinda ishtirok etdi.

«Shaxsan Shomurodov uchun Konferensiyalar ligasidagi g‘alaba — ulkan muvaffaqiyat. Biz Eldor bilan faxrlanamiz. Albatta, bu Chempionlar ligasi emas, ammo bu Yevropa bozori. Bundan tashqari, Shomurodovning ushbu turnirdagi o‘yini — o‘zbek futboli uchun reklama. Futbolchimiz bosh murabbiy Mourinyo berayotgan kichik imkoniyatlarda samarali foydalanishga harakat qilmoqda. Bu esa "Roma"ga foyda keltirmoqda. Eldor zaxiradan maydonga tushib, jamoa o‘yinini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchi hisoblanadi.

Albatta, men Mourinyo emasman, u nima uchun Shomurodovga kam o‘yin amaliyotini berayotganini tushunmayman. U klubda har kuni ishlaydi. Ehtimol, Abraxam mashg‘ulotlarda yaxshiroq ko‘rinayotgandir. "Roma"da qolish yoki qolmaslik masalasini Eldorning o‘zi hal qilishi kerak. Har qanday jamoaga moslashish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Balki, u ayni paytda «Roma»ga moslashib olib, keyingi mavsumda boshqacha o‘yin namoyish etar.

Bundan tashqari, Mourinyoning fikri ham muhim ahamiyatga ega. Buni futbolchi murabbiy bilan muhokama qilib olishi kerak. Shomurodov – haqiqiy jangchi. U Yevropada o‘ynashni orzu qilgan. «Roma» – Yevropaning jiddiy jamoalaridan biri. Ishonchim komil, sobiq ittifoq mamlakatlarining 90 foiz futbolchilari bunday darajada to‘p tepishni istaydi. Shunchaki, Rossiyadagi maoshlar Yevropadagiga nisbatan ko‘proq. O‘yinchilar faqat maosh tufayli Rossiyada qolishadi, deb o‘ylamayman.

Boshqa tomondan, ushbu mintaqa futbolchilariga talab yuqori emas, aks holda ular kuchli jamoalarga yo‘l olgan bo‘lishardi. Shomurodovga taklif tushdi va u Italiyaga yo‘l oldi. Agar rossiyalik futbolchilarga ham shunday taklif tushsa, ular buni rad etishmasa kerak. Shunchaki, Yevropaga borgandan keyin nimalarga qodirligini isbotlash kerak bo‘ladi. Shomurodov ham qanchalik iqtidorli bo‘lmasin, u ham o‘zini ko‘rsatishi shart. Yevropada sobiq SSSR mamlakatlaridan kelgan futbolchilarga nisbatan munosabat u qadar yuqori emas. Shuning uchun bizning o‘yinchilar Yevropada joylashib qola olishmagan.

O‘ynab keta olgan futbolchilar barmoq bilan sanarli. Ulkan sovet ittifoqini kichkina Niderlandiya va Belgiya bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, bu mamlakatlar o‘yinchilari Yevropada yaxshi natijalarga erishishgan», - dedi Abramov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:38, 31.05.2022.
O'qildi: 2657 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик