Hujumchi Anxel Di Mariya JCH-2022dan keyin Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
"Jahon chempionatidan keyin terma jamoani tark etish vaqti keladi. Argentinada jahon darajasiga chiqayotgan, o‘zini ko‘rsatishga tayyor yigitlar ko‘p. Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng men termani tark etaman", - deya Di Mariyaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Mundo Deportivo.
34 yoshli Di Mariya Argentina terma jamoasida 2008 yilning sentyabrida debyut qilgan. U jamoa bilan birgalikda 2021 yilda Amerika kubogini qo‘lga kiritdi.
Anxel Argentina terma jamoasi safida 121 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 24 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













