Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

“Finallisima” qanday paydo bo‘ldi va u nima uchun kerak?

“Finallisima” qanday paydo bo‘ldi va u nima uchun kerak?

Baho:
+1 | -

Joriy futbol mavsumi shiddatli bahs bilan yakunlanadi. 1 iyun kuni Italiya va Argentina terma jamoalari "Uembli"da yangi “Finalissima” terma jamoalar uchun maxsus Superkubok bahsida to‘qnash kelishadi.

Umuman olganda “Finalissima” nima degani?

Italyan tilidan "Finalissima" "katta final" deb tarjima qilinadi. Aslida, bu bitta o‘yindan iborat Superkubok bo‘lib, unda Yevro va Amerika kubogi g‘oliblari to‘qnash kelishadi (2022 yilda bular Italiya va Argentina).

Uchrashuv klassik tarzda 90 daqiqa davom etadi. Ammo bu vaqt ichida g‘olib aniqlanmasa, jamoalar darhol penaltilar seriyasiga kirishadi. Qo‘shimcha vaqt bo‘lmaydi.

"Finalissima"ni kim va nima uchun tashkil qildi?

Turnirni tashkil etish tashabbuskori Janubiy Amerika Futbol Konfederasiyasi (KONMEBOL) edi. Italiyaning Yevro-2020dagi g‘alabasidan ikki kun o‘tib, tashkilot Yevropa futbol uyushmalari ittifoqiga (UYEFA) Amerika kubogi va Yevropa chempionati g‘oliblari o‘rtasidagi o‘yinni o‘tkazishni taklif qildi.

UYEFAga bu g‘oya yoqdi, biroq 2021 yilda jamoalar taqvimi tig‘iz bo‘lgani uchun uni amalga oshirishni keyingi yilga qoldirishga qaror qilindi.

Dekabr oyi o‘rtalarida UYEFA va KONMEBOL o‘rtasida 2028 yilgacha yangilangan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan bo‘lib, unda Londonda qo‘shma ofis ochish va turli tadbirlarni, xususan “Finalissima”ni potensial tashkil etish qoidalarini o‘z ichiga oladi. Kelishuv 2028 yilga qadar tuzilgani uchun yangi turnirning uchta o‘yinini albatta ko‘ramiz.

Yevro va Amerika kubogi g‘oliblari o‘rtasidagi to‘qnashuv g‘oyasi yangilik emas. “Finalissima”ning kabi o‘yinlar avval ham tashkil etilgan, faqat FIFA tomonidan. Turnir ikki marta 1985 va 1993 yilda bo‘lib o‘tdi. Turnirning birinchi o‘yinida Fransiya Urugvayni (2:0) mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda Argentina penaltilar seriyasida (5:4) Daniyani yenggan.

Ko‘rib turganingizdek, Janubiy Amerika va Yevropa chempionlari o‘rtasidagi hisob 1:1 bo‘lib turibdi. Ehtimol, UYEFA va KONMEBOL bu muammoni nihoyat hal qilish va shu bilan birga biroz pul ishlash uchun eng qiziqarli qarama-qarshilikni qaytarishdi.

Nima uchun “Finalissima-2022”ni tomosha qilish kerak?

“Finalissima”ni o‘tkazib yubormaslik kerak, bunga o‘ziga xos sabablar mavjud:

Argentinaga qarshi o‘yin afsonaviy 37 yoshli himoyachi Jorjyo Kyellini uchun Italiya libosidagi oxirgisi bo‘ladi.

"Feyenoord" yarim himoyachisi Markos Senesi katta ehtimol bilan “Finalissima”da o‘ynaydi. Ilgari u Argentina yoshlar terma jamoasida o‘ynagan, ammo Italiya pasportiga ega. Shuning uchun o‘yin arafasida har ikki jamoa uning uchun kurash olib borishdi. Shunga qaramay, Senesi argentinaliklar foydasiga tanlov qildi.

Afsonaviy Leo Messi yana bir sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin.

“Finalissima” ertaga 1 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanishi belgilangan.

Kiritildi: 16:43, 31.05.2022.
O'qildi: 3562 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.