Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, "Liverpul" 28 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Amaldagi kelishuv 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, shuning uchun "qizillar" Aleks Oksleyd-CHemberlenni yozgi transfer mavsumida sotishga harakat qiladi.
Taxminlarga ko‘ra, yarim himoyachiga Premyer-liganing bir qancha klublari, jumladan, "Nyukasl" va "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda.
Oksleyd-CHemberlen o‘tgan mavsumda mersisaydliklar tarkibida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.