"Barselona" prezidenti Joan Laporta La Liga rahbari Xavyer Tebas nima uchun kataloniyaliklarning ehtimoliy transferlariga qarshilik bildirayotganiga tushunmayapti.
"La Liga prezidentiga eslatib o‘tmoqchimanki, uning vazifasi ligadagi har bir klubning manfaatlarini ko‘zlashdir. U nima uchun mumkin bo‘lgan transferlarimiz haqida gapirib, klubimizning manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqchi, tushunmayapman!", - dedi Laporta.
Avvalroq Tebas Robert Levandovskining transferi "Barselona" uchun imkonsiz ekanligi haqida gapirgan edi.