"Inter" va "Barselona" kabi klublarning sobiq himoyachisi Martin Montoyya futboldan ketishini e’lon qildi. Montoyya endi 35 yoshga to‘lgandi.
"Hammasi uchun rahmat, futbol", deb yozgan endilikdagi sobiq futbolchi.
"Barselona"da tug‘ilgan futbolchi so‘nggi o‘n yillikning birinchi yarmida Kataloniya klubida o‘ynagan, keyin 2015 yilda "Inter"ga sotilgan, ammo u yerda atigi bir mavsum o‘tkazgan.
Montoyya shuningdek, Sevilyaning "Betis", "Valensiya", "Brayton" va "Aris" klublarida ham o‘ynagan.
2013 yilda u Ispaniya terma jamoasi bilan 21 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan.













