Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Ronaldu uchun keyingi manzil qayer bo‘ladi?

Ronaldu uchun keyingi manzil qayer bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronalduning «Old Trafford»ga afsonaviy qaytishi rejadagidek kechmadi. Ha, hujumchining bir o‘zi bu mavsumda 24 ta gol urishga erishdi. Ammo bir jamoaga bu yetarli emasdi. Har qaysi front «MYU» uchun katta kurash maydoniga aylandi. 37 yoshli futbolchi mavsum davomida jamoasiga katta yordam berib keldi. Ammo uning klubdagi taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Quyida Ronaldu uchun ehtimoliy yangi manzillar haqida gap boradi.

«PSJ»

Vanihoyat ikki buyuk futbolchining bir jamoada to‘p surishini ko‘rishimiz mumkin. Balki bu mavsumda fantastika reallikka aylanishi mumkindir. Biroq Fransiya giganti bu uchun ancha ter to‘kishi lozim. Ronalduning transferi katta pul talab qilmaydi. Ammo «PSJ» unga bir dunyo maosh berishi kerak.

«Real»

Ronaldu «MYU»ga qaytib, hech narsaga erishmadi – mavsum sovrinlarsiz yakunlandi. Ammo, agarda afsonaviy hujumchi «Real»ga qaytsa, bunday bo‘lmasligi aniq. Bu mavsumda Anchelotti shogirdlari 2 ta sovrinni rasmiylashtirgan edi. Ronaldu Madridda afsonaga aylangan. Shu sabab uning qaytishi hamma uchun katta voqelik bo‘lardi. «Real» varianti u uchun eng yaxshi tanlov. Qolaversa, «qirollik klubi» ham Mbappe mojarosini tezroq unutgan bo‘lardi.

«Bavariya»

Germaniya giganti transferlar olamida tez-tez aqlli xaridlarga qo‘l urib turadi. Jamoa olib kelgan futbolchilar Yevropa yulduzlariga aylanmasdan qolmaydi. Ammo bu yozda «Bavariya» markaziy hujumda muammolarga duch keladi. Chunki Levandovski boshqa manzil tomon ketmoqda. Uning o‘rinini bosa oladigan futbolchi esa hozirgi tarkibda mavjud emas. Ronaldu esa bu borada Nagelsmannga ko‘makchi bo‘la oladi.

«Yuventus»

Garchand uch mavsumni A seriyada o‘tkazgan bo‘lsa ham, Ronalduning Turinda yakunlanmay qolgan ishlari bo‘lishi mumkin. Agar uni yakunlashni xohlasa, yana «Yuventus»ga qaytishi mumkin. Ronaldu o‘tgan yoz klubdan ketgan edi. Balki uning qaytishi yana «Yuventus»ni shohsupaga olib chiqar? Yana kim biladi deysiz...

«Nyukasl Yunayted»

Yevropada raqobatbardosh klub bo‘lish uchun pul ayamayotgan jamoa, o‘z loyihasini katta transfer orqali boshlab olmoqchi bo‘lsa, u holda, Ronaldu bunga juda ham mos nomdir. Bizningcha, Ronalduning xaridi va uning maoshi dunyodagi eng boy klub uchun muammo bo‘lmaydi. Rahbariyat tez orada jamoani Yevropa maydonlarida ko‘rmoqchi, buni esa faqatgina katta futbolchilarni sotib olib, bajarish mumkin.

«Sporting SP»

Ronaldu o‘zining intervyularidan birida, faoliyatini yakunlashidan oldin, o‘z vataniga qaytishini aytib o‘tgandi. Shu sabab uni Portugaliya chempionatida ko‘rib qolishimiz ham mumkin. 2002 yilda ilk bor «Sporting»da debyut qilgan Ronaldu, yana o‘z jonajon jamoasi libosini kiyishi, ehtimoldan holi emas. Harxolda, bir paytlar unga imkoniyatni aynan «Sporting» bergan! Futbolchi esa buni unutmasligi kerak.

 

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 09:03, 01.06.2022.
O'qildi: 16232 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик