"Barselona" himoyachisi Dani Alves kataloniyaliklar safidagi faoliyatini davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi Sport.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik himoyachi shartnomani yangilash uchun Xavi bilan uchrashuvni kutmoqda. Murabbiy esa u bilan yana 1 yil birga ishlashga qarshi emas.
Ortda qolgan mavsumda Dani Kataloniya klubi safida jami 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning shartnomasi iyun oyi so‘nggida nixoyasiga yetadi.