XXI asrda yuqori divizion futbolchilarining atigi chorak qismi quyi ligaga tushib qolmagan xolos.
Quyida ushbu qiziq voqelik haqida so‘z yuritamiz. Hatto siz kutmagan top klublar ham quyi liga havosidan «bahramand bo‘lgan».
Angliya chempionati
Angliyada 21-asrda quyi ligaga tushib ketmagan (6 ta jamoa bor): «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Tottenxem», «Arsenal» va «Everton».
Bu «Manchester Siti» muxlislarini ajablantirishi aniq, hatto, shafqatsiz hazil sifatida ham eshitilishi mumkin. Angliya Premyer-ligasining haqiqiy «kuchli oltiligi» shunday ko‘rinish olgan. 2000/2001 yilgi mavsum oxirida «shaharliklar» Premyer-ligadan tushib ketdi va bor-yo‘g‘i bir yildan so‘ng chempionshipda birinchi o‘rinni egallab qaytgan.
Ammo «Everton» munosiblar qatorida, garchi bu mavsumda «irischilar» 68 yil ichida birinchi marta quyi ligaga tushib ketishga juda yaqin edi. Frenk Lempard jamoasi mavsumning so‘nggi turidan bir o‘yin avval «Kristal Pelas» ustidan irodali g‘alaba (0:2, 3:2) qozonib, jon saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Final hushtagi yangragandan so‘ng muxlislar o‘z jamoasini xuddi Chempionlar ligasida g‘olib chiqqandek kutib olishdi, bu juda epik tarzda taassurot qoldirdi. «Everton»ning bir muxlisi hatto raqiblar murabbiyi Patrik Viyeyrani ham g‘azablantira boshladi. Darvoqe, 21-asrda APLning 6 nafar barqaror ishtirokchisidan faqat «Everton» va «Tottenxem» bu asrda chempion bo‘la olmadi.
Ispaniya chempionati
21-asrda quyi ligaga tushmagan 4 ta jamoa bor: «Real Madrid», «Barselona», «Atletik», «Valensiya».
Umumiy tarix bo‘yicha qaraganda bor-yo‘g‘i uch klub La Ligani tark etmagan xolos: «Real Madrid», «Barselona» va «Atletik» Bilbao, shu sababli bu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar Ispaniyada «klassik» bahslar hisoblanadi. Biz buni «El Klasiko» deb ataymiz. Agar 21-asr haqida gapiradigan bo‘lsak, u holda trio to‘rtlikka kengayadi, ular orasida «Valensiya» ham bor. Jamoa oxirgi marta 1980 yillar oxirida Segundaga tushib ketgan, biroq 1987/88 yilgi mavsumdan boshlab nisbatan stabilroq saviyada o‘ynay boshladi va asr boshida ikki marta Chempionlar Ligasi finalida o‘ynadi.
«Valensiya» singari «Atletiko» ham Chempionlar ligasi finalida mag‘lub bo‘lgan, lekin UYEFA kubogini (hatto uchta) yutib oldi. Diyego Simeone bilan «matraschilar» ikki marta Ispaniya chempioniga aylandi. 1999/2000 yilgi mavsum oxirida «Atletiko» oliy divizion bilan xayrlashdi. «Real Madrid»ning qo‘shnilari Chempionlar Ligasidagi g‘alabani nishonlaganida, «Atletiko» Segundaga olgan yo‘llanmasini nima qilish haqida o‘ylar edi. Eng qizig‘i, elitaga qaytish uchun uch yil kerak bo‘ldi, shuning uchun yangi asrdagi birinchi yuqori darajadagi harakat 2002/03 yilgi mavsumda sodir bo‘ldi deyish mumkin. Va keyin jamoaning natijalari faqat yaxshilanib bordi.
Italiya chempionati
21-asrda quyi ligaga tushmagan 5 ta jamoa bor: «Milan», «Inter», «Lasio», «Roma», «Udineze».
A Seriyaning barcha musobaqalarida faqat «Inter» istisnosiz tarzda ishtirok etgan va 21-asrda Italiya chempionatining asosiy tayanchini «Milan» va Rim klublari hamda ularga qo‘shilgan «Udineze» tashkil etadi.
Agar 2000 yillarning o‘rtalarida futbolni kuzatmagan va o‘sha paytda Italiya futboliga qiziqmagan muxlis bo‘lsa, A Seriyaning doimiy ishtirokchilari orasida «Yuventus» yo‘qligidan hayratda qolishi turgan gap. Axir Italiya chempionatidagi eng sermahsul jamoa qanday qilib ligani tark etishi mumkin?
Gap shundaki, korrupsiya mojarosi tufayli Turin klubi ikkita chempionligidan mahrum qilindi va qayta tarbiyalanish uchun B Seriyaga tushirib yuborildi. O‘shanda jamoani aksariyat futbolchilar tark etgan. Faqatgina asosiy yulduzlardan Alessandro Del Pyero va Janluiji Buffon qolgan xolos. Shu bilan birga, bir mavsumda «Yuventus»ni elitaga qaytargan Didye Desham ham murabbiylar shtabida edi.
Germaniya chempionati
21-asrda quyi ligaga tushmagan 4 ta jamoa bor: «Bavariya», «Borussiya D», «Bayer», «Volfsburg».
Ha, bu nomlardan hayratlanishingiz mumkin. Aynan Bundesligada bir nechta grand jamoalar quyi liganing ham havosidan tuyib kelishga majbur bo‘lishgan.
Shuningdek, «Verder» va «Shtutgart» nomlari ham diqqatni o‘ziga jalb etishi mumkin. «Musiqachilar» 2003/04 yilgi mavsumda Bundesligada g‘olib chiqishgan, shvabiyaliklar esa 2006/07 mavsumda chempion bo‘lishgan.
O‘shandan beri «Shtutgart» quyi ligaga tushib ketgan va keyinchalik ikki mavsumni elitada o‘tkazdi. «Verder» esa bir yil oldin ikkinchi Bundesligani zabt etgan edi, ammo bu mavsum oxirida «Shalke»ning o‘rniga Bundesligaga qaytdi. Ammo 2018 yilgacha nemis futbolining asosiy «dinozavr»i hisoblangan «Gamburg» hali Bundesligaga qayta olmadi, garchi bu mavsumda bunga ancha yaqin kelgan bo‘lsada.
Fransiya chempionati
21-asrda quyi ligaga tushmagan 5 ta jamoa bor: «PSJ», «Marsel», «Renn», «Lion», «Lill».
Ammo yaqin vaqtgacha bu ro‘yxat oltita edi. Oxirgi o‘rindagi «Bordo» 31 yil ichida birinchi marta Liga 1ni tark etdi va quyi ligaga tushib ketdi. Bu ma’lum bir sport sabablariga ko‘ra emas edi. «Jirondachilar» chempionatda 10-o‘rinni egallagan, ammo yuqori divizon uchun byudjet kamomadi tufayli ikkinchi divizionga yo‘l olishga majbur bo‘ldi. Muxlislar bu safar «tozalanish» ishlari tez bo‘lishiga umid qilmoqda.
O‘tish o‘yinlarida «Oser»ga mag‘lub bo‘lgan «Sent-Etyen»ni alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Muxlislar yaqin vaqtgacha Fransiyaning eng nomdor bo‘lgan futbolchilarini deyarli eslashmadi. Eng qizig‘i, bu mavsumda «PSJ» Liga 1dagi g‘alabalar soni bo‘yicha «Sent-Etyen»ga endi yetib oldi. Mana, qanday jamoa elitani tark etmoqda! «Yashillar» 2003/04 yilgi mavsumda oxirgi marta 2-ligada o‘ynagan edi.













