Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Pogbaning keyingi manzili qayer bo‘ladi? Variantlarni ko‘rib chiqamiz!

Pogbaning keyingi manzili qayer bo‘ladi? Variantlarni ko‘rib chiqamiz!

Baho:
+ | -

Pol Pogba "MYU"dan rasman ketdi. Ketganda ham erkin agent sifatida ketdi. Aytish mumkinki, yozdagi eng mashhur, ammo tekin transfer Pogba bo‘ladi. Futbolchi uchun klubdagi ikkinchi davr oson bo‘lmadi. Quyida u uchun ehtimoliy manzillar variantlarini ko‘rib chiqamiz.

"Yuventus"

Bir qarashda eng qulay va to‘g‘ri tanlov aynan Turin klubi bo‘lib tuyuladi. Bir paytlar Pogba, aynan "Yuventus"da cho‘qqiga chiqqandi. O‘sha paytlar Allegri jamoani boshqargan. Bugun u yana shu yerda. Pogba esa sobiq ustoziga yordam berish uchun oshiqishi mumkin. Shu va shu kabi omillari ta’sirida "Yuventus"ni eng yaxshi variant sifatida ko‘rmoqdamiz.

"PSJ"

Parij giganti o‘tgan yozda sensasion transferni amalga oshirib, hammani hayratda qoldirgandi. Kimsan, Messi "PSJ"ga o‘tishga rozi bo‘lgan. Qolaversa, parijliklar uni tekinga qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Viynaldum, Donarrumma, Ramos kabi katta nomlar ham jamoaga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. Bugun esa "PSJ" Pogbaning ham masalasini ijobiy hal qilishi mumkin.

"Real"

Faktlardan uzoqlashmagan holda aytish kerakki, "Real" yarim himoyasi Modrich hamda Kroosga topshirilgan va bu pozisiyada biroz yangilik qilish, yangi nom, jamoaga foyda keltiradi. Nisbatan yoshroq Pogba esa, aynan o‘sha futbolchi bo‘lishi mumkin. "Qirollik klubi"ning ikki titulni qo‘lga kiritishi, Pogbani u yerga jalb qilishda yordam beradi. Modrich 36 yoshdaz Kroos esa 33 ga kiradi. Bu esa ularga o‘rinbosar kerakligini anglatadi. Hech bo‘lmasa, qisqa vaqtga. Boz ustiga, Pogbaning moashini to‘lash "Real" uchun muammo bo‘lmaydi.

"Manchester Siti"

Yaqin bir oy ichida "Manchester Siti" Pogbaga qiziqa boshlagani haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi. Biroq aniq aytish mumkinki, Pogba Gvardiola dididagi futbolchi emas. Qolaversa, Polning o‘zi ham "MYU"ning ashaddiy raqibiga transfer bo‘lishni ma’qul ko‘rmasa kerak. Shu sababdan bu ko‘chish, deyarli imkonsiz.

"Barselona"

Ushbu klubning moliyaviy ahvoli, uning transferlar siyosatiga ham ta’sir qilmay qolmadi. Endilikda "Barselona" o‘ta tajribali, yulduz hamda tekin futbolchilarga e’tibor qarata boshladi. Aguero, Obameyang hamda Depay aynan shunday nomlardir. Aytish mumkinki, Pogba yuqoridagi aspektlarning barchasiga mos keladi. Ammo ayni damda "Barsa" o‘zi sotib olmoqchi bo‘lgan o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga qiynalmoqda. Bunga esa liq to‘la tarkib va iqtisodiy qiyinchiliklar sabab bo‘ladi. Ha, Pogba "Barselona"ga mos kelishi mumkindir. Ammo klubning ayni damdagi holati Pogbaning jamoaga kelishini "xato ish"ga aylantiradi. Yana kim biladi deysiz...

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 13:45, 02.06.2022.
O'qildi: 1957 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик