Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Navbat Bundesliga sarhisobiga

Navbat Bundesliga sarhisobiga

Baho:
+ | -

Bundesliga Yevropa top-chempionatlari orasida 2021|2022 yillar mavsumi marrasiga birinchi bo‘lib yetib keldi.

Musobaqada kutilmagan natijalar qayd etilmadi - «Bavariya» yana muddatidan avval shohsupaga ko‘tarildi. Shu tariqa grandning uzluksiz zafarli mavsumlari soni 10taga yetdi. Hozircha «rekordmaystr» gegemonlik parvozini davom ettirmoqda. Biroq bu musobaqaning nufuzi, saviya­siga salbiy ta’sir etmadi. Marhamat, Bundesliga mavsumining yakuniy natijalari bilan tanishing.

Chempion:«Bavariya»

YECHL ishtirokchilari:«Bavariya», «Borussiya Dortmund», «Bayer», «RB Leypsig»

YEL ishtirokchilari:«Union», «Frayburg»

KL ishtirokchisi:«Kyoln»

Quyi ligaga tushib ketganlar:«Groyter Fyurt», «Arminiya». «Gerta» o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun «Gamburg» bilan kuch sinashadi

Elitaga ko‘tarilganlar:«Shalke», «Verder»

Mavsumning eng yaxshi to‘purari

Bu masalada xuddi chempionlikdagi kabi, sensasiya yuz bermadi. Bundesliganing eng yaxshi to‘purari unvoni qatorasiga 5-marta Robert Levandovskiga nasib etdi. Polshalik snayper Bundesliga doirasida 35ta gol urdi. Eng yaqin ta’qibchilari Patrik Shik («Bayer», 24 gol) va Erling Xoland («Borussiya Dortmund», 22 gol) undan ancha ortda qolib ketishdi.

Qatorasiga 7 mavsumda to‘purarlar sardori bo‘lgan Levandovski afsonaviy Gerd Myuller rekordini takrorladi. Uning Bundesligadagi sermahsul faoliyatini davom ettirishi hozir katta so‘roq ostida. Xoland «Manchester Siti»ga o‘tib ketdi, asosiy ta’-qibchi bittaga kamaydi. Lekin Robert ham «Bavariya»ni tark etish niyatida. To‘g‘ri, klub uni 2023 yilning iyuniga qadar qo‘yib yubormoqchi emas. Merganning kelajagi mavsumlar oralig‘idagi qiziqarli tortishuvga sabab bo‘lishi mumkin.

Mavsumning eng yaxshi assistenti

«Bavariya» yarim himoyachisi Tomas Myuller qatorasiga 3-marta Bundesliganing eng yaxshi assistenti unvoniga sazovor bo‘ldi. 2018|2019 yillar mavsumida nufuzli unvonni undan hozir «MYU»da to‘p surayotgan Jeydon Sancho tortib olgandi. Joriy mavsum Tomas 18ta samarali uzatmani amalga oshirdi. «RB Leypsig» vakili Kristian Nkunku 13 ball bilan 2-bo‘ldi. 12 ochkodan to‘plagan Marko Roys («Borussiya Dortmund») va Mussa Diabi («Bayer») yetakchi uchlikdan joy olishdi.

Levandovskidan farqli ravishda, Myuller Germaniyadagi faoliyatini davom ettiradi - u jamoasi bilan yangi shartnoma imzoladi. Ayt­gancha, Tomas Germaniyaning 11 karra chempioni sifatida o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.

Gol+pas tizimi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich

Bu mukofot ham polshalik merganga nasib etdi. Robert 35ta goldan tashqari, 3ta assist bilan jamoa muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo‘shdi. Ikkinchi natijani qayd etgan Kristofer Nkunku hisobida 20ta gol va 13ta samarali uzatma mavjud. Erling Xoland esa 29 (22+7) ball evaziga yetakchi uchlikdan joy oldi. Albatta, agar jarohatlardan chetda yurishni uddalay olganida, norvegiyalik to‘purar yanada samaraliroq to‘p surib, Robertga munosib raqobat ko‘rsatishi mumkin edi. Lekin boshqa tomondan, joriy mavsum polshalik snayper faoliyatidagi ikkinchi sermahsullikni rasmiylashtirdi. O‘tgan mavsumni u 41ta gol bilan yakunlagandi.

Mavsumning eng mohir darvozaboni

Bu sovrin haqli ravishda Yan Zommerga loyiq ko‘rildi. Menxengladbaxning «Borussiya»si posboni mavsum davomida 131 marta ajoyib seyvlarni namoyish etdi. Shtefan Ortega shveysariyalik kasbdoshidan salgina ortda qoldi. «Arminiya» darvozaboni hisobida 128 seyv mavjud. Mavsumda 119ta ishonchli harakatlari bilan «Bayer»ning sovrindorlar uchligidan o‘rin olishiga munosib hissa qo‘shgan Lukash Gradeski Bundesligadagi 3-raqamli darvozabon sifatida e’tirof etildi.

Zommer butun mavsum davomida bor mahoratini ishga solib, himoya chizig‘idagi xatoliklarni to‘g‘rilashga urindi. Biroq «Borussiya Menxengladbax» mavsumni 10-pog‘onada yakunladi, Addi Xyutter bilan hamkorlik muvaffaqiyatsiz bo‘ldi va murabbiy iste’foga chiqarildi. Ja-moani yangi mavsumda nimalar kutayotgani - navbatdagi jumboq.

Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi

Mazkur mukofotga Kristofer Nkunkuning sazovor bo‘lishi ham adolatli bo‘ldi. Futbolchi o‘z faoliyatidagi eng yorqin mavsumini o‘tkazdi. 34 uchrashuvda maydonga tushgan xavbek o‘zining sermahsulligi bilan qator top-klublar e’tiboriga tushdi. Shartnomaga binoan, Kristofer yana 2 yil «Leypsig» safida to‘p surishi mumkin. «Buqalar» unga yangi shartnoma taklif etish niyatidalar. Biroq uni saqlab qola olishadimi-yo‘qmi, ma’lum emas. Hozirda Nkunku zarbalar, gollar va samarali uzatmalar bo‘yicha Bundesliganing yetakchi o‘nligida bormoqda. Bunaqa o‘yinchilar doimo xaridorgir bo‘lishgan.

Mavsumdagi shiddatli finish

Bu mukofotga ham bir ovozdan «Leypsig» munosib ko‘rildi. Saksoniya jamoasi mavsumni o‘ta omadsiz boshlagan, dekabr oyida turnir jadvalining 11-pog‘onasida borayotgandi. Tabiiyki, o‘sha payt yevrokuboklar yo‘llanmasi xususida orzu qilish ham kulgili tuyulardi. Lekin jamoa tushkunlikka tushmadi, mutasaddilar vaziyatni o‘nglash maqsadida Jessi Marshni iste’foga chiqarishdi. Domeniko Tedesko rahbarligida «buqalar» o‘zgacha o‘yin ko‘rsata boshladilar. Muhimi, ijobiy natijalar ko‘paya boshladi.

Yangi bosh murabbiy rahbarligida «Leypsig» YELda yarim final, Germaniya kubogi turnirida finalgacha yetib bordi. Bundan tashqari, ichki chempionatda yakuniy 4-o‘rinni egallab, YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. «Buqalar» oldida turgan navbatdagi dolzarb vazifa - saviyali tarkibni saqlab qolish. Chunki yangi mavsumda jamoani yanada qiziqarli va mas’uliyatli bellashuvlar kutmoqda.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 02.06.2022.
O'qildi: 1528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.