Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata Millatlar ligasi doirasidagi Portugaliya bilan durang (1:1) haqida fikr bildirdi. U jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
"Imkoniyatimiz bo‘lganda biz foydalana olmadik, shuning uchun ular o‘yinga qaytib, durangga erisha olishdi. Bu futbol. Biz ishlashda davom etishimiz va ertaga mashg‘ulotlarga e’tibor qaratishimiz kerak", - deya Morata so‘zlarini keltirmoqda UYEFA matbuot xizmati.
Ispaniyaning navbatdagi raqibi Chexiya bo‘ladi. O‘yin 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.