"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda La Stampa xabar berdi.
Qayd etilishicha, senegallik himoyachi neapolliklarning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etdi. U Xavi bilan uchrashgandan so‘ng, kataloniyaliklar sport loyihasini yoqtirib qoldi.
Ma’lumot uchun 30 yoshli senegallikning amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakuniga yetadi. Transfermarkt portali uni 45 million yevroga baholagan.













