Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

«Barselona» qaysi futbolchilarning maoshinini 50 foizga qisqartirmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

«Barselona» qaysi futbolchilarning maoshinini 50 foizga qisqartirmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» aksariyat futbolchilarining maoshini ikki baravar kamaytirmoqchi.

Moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida Kataloniya klubi maoshlarni qisqartirish istagida. Agar o‘yinchilar bilan maoshini pasaytirish borasida kelishuvga erishilmasa, yozda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish qiyinchiliklar tug‘diradi.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, «Barselona» shoshilinch choralar ko‘rmoqchi va deyarli barcha futbolchilarning maoshini 50% ga qisqartirmoqchi. Bu yaqinda shartnomasini uzaytirgan futbolchilarga (Ansu Fati, Pedri, Ronald Arauxo), shuningdek, qishki transfer oynasida jamoaga qo‘shilganlarga (Ferran Torres, Pyer-Emerik Obameyang, Dani Alves) tegishli emas. Chunki ushbu futbolchilarning maoshlari «ko‘k-anorranglilar»ning talablariga mos keladi.

Kataloniyaliklar ba’zi futbolchilar bilan bu masalani muhokama qilgan, qolganlar bilan esa yaqin kunlarda muzokaralar olib boriladi. Agar o‘yinchilar maoshi kamaytirilishiga norozi bo‘lsa, yangi klub izlashiga yoki maoshining 50% kamaytirilishini hisobga olgan holda shartnomani bekor qilish formulasini ishlab chiqishiga to‘g‘ri keladi.

«Barselona»ning vazifasi oson bo‘lmaydi. Jamoaning ikki yetakchi futbolchisi agentlari Mundo Deportivo bilan suhbatda klub ulardan maoshni qisqartirishni so‘raganda, allaqachon bunga rozi bo‘lganini, endi yana kamaytirishi adolatdan bo‘lmasligini aytib o‘tgan.

«Ular nafaqat shartnomadagi maoshlarining katta qismidan kechishga rozi bo‘lgan, balki o‘tgan yili klub ehtiyojlaridan kelib chiqib, maoshi qisqarishiga rozi bo‘lgan. Shunda ularning maoshi 50% dan ham pastroqqa tushib ketadi», — degan agentlar.

«Ko‘k-anorranglilar» vise-prezidenti Eduard Romeu jamoaga beriladigan maoshlar «Bavariya» va «Real»nikidan ko‘proq ekanini ta’kidladi.

"Mateu Alemani ajoyib ishni amalga oshirgan. Bizning maoshlar ko‘rsatkichimiz — 560 million yevro. Bu «Bavariya»dan ikki baravar ko‘p degani. Myunxenliklarning ko‘rsatkichi 300 million. «Real» esa 400 million yevro maoshlar uchun ajratadi. Endi har bir futbolchi bilan alohida muzokaralar olib boramiz.

Jamoa faxriylari bilan bog‘liq vaziyat esa klub manfaatlariga mos ravishda rivojlanadi. Avvalo, eng katta shartnomaga ega futbolchilar bilan gaplashamiz.

Qarorni (ketish bo‘yicha) o‘yinchining o‘zi qabul qiladi. Futbolchilarda kimdir ular uchun imzolagan shartnomalar mavjud. Bu xuddi birovning cho‘ntagiga qo‘l solish kabidir.

Biz ba’zi narsalarni o‘zimizga ravo ko‘ra olmaymiz va to‘g‘ri baho bera olishimiz lozim. Ular hech kimni aldamagan, «Barselona» esa shartnoma shartlarini bajargan. Endi esa biz ular bilan muzokara olib borishimiz kerak, — dedi Eduard Romeu.

Avvalroq «Barselona» Yevropaning eng ko‘p qarzga ega klublari ro‘yxatida yetakchilik qilayotgani xabar qilingandi. «Ko‘k-anorranglilar» translyasiya va lisenziya huquqlarining ma’lum miqdorini sotish orqali 700 mln yevro ishlab olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, klub pandemiya vaqtida va undan keyin bir necha bor jamoa a’zolarining maoshlarini qisqartirgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:28, 03.06.2022.
O'qildi: 5452 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик