Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Parij mashmashasi tugagani yo‘q, Xelayfining «qo‘li uzun bo‘lib chiqdi», biroq «Real» va «Liverpul» osonlikcha taslim bo‘lmoqchi emas

Parij mashmashasi tugagani yo‘q, Xelayfining «qo‘li uzun bo‘lib chiqdi», biroq «Real» va «Liverpul» osonlikcha taslim bo‘lmoqchi emas

Baho:
+ | -

Deyarli bir hafta oldin Parijda Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tgan edi, ammo o‘sha kundagi voqealar hali ham qizg‘in muhokama qilinmoqda - qizig‘i, maydonda sodir bo‘lgan voqealar haqida gap bormayapti.

“Stad de Frans” atrofida ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llanilgan paytdagi tartibsizliklar va yuzlab muxlislarning devordan sakrab o‘tib, stadionga intilishi sababli vaqtida boshlanishi kerak bo‘lgan bahs yarim soatdan ko‘proqqa cho‘zildi.

O‘shanda chiptasi bor 2700 muxlis maydonga kira olmadi. O‘sha kuni juda ko‘p yorqin va keskin dronlardan foydalanildi.

Bir hafta ichida ham ushbu voqealar to‘lig‘icha yopilgani yo‘q. Juma kuni "Real Madrid" va "Liverpul" UYEFAga biryo‘la murojaat yo‘llashdi.

"Real Madrid" final nima uchun Parijga berilgani va unga kim javobgarligini aniqlashni talab qilmoqda. Madrid klubi o‘z muxlislarini vaziyat qurboni deb atadi va asosli tushuntirishlarni talab qildi.

• Final o‘yinini o‘tkazish joyi sifatida “Stad de Frans” qanday asoslarga ko‘ra tanlangani bosh savolga aylandi. “Biz aynan shu joyni tanlashga nima sabab bo‘lganini, o‘sha kuni sodir bo‘lgan voqealarni hisobga olgan holda qanday mezonlar inobatga olinganini bilmoqchimiz”, - deyiladi bayonotda.

• Bularning barchasiga kim javob beradi: “Muxlislarning nochor va himoyasiz qolib ketganiga kim javob beradi? Ulardan ayrimlarining bu voqealar davomidagi xatti-harakati ibratli edi. O‘ylaymizki, o‘yinga hozir bo‘lgan barcha muxlislar uchun ajoyib futbol bayrami bo‘lishi kerak edi, biroq u qayg‘uli yakunlandi va butun dunyoda chuqur g‘azabga sabab bo‘ldi". 

"Real Madrid" tafsilotlarni to‘laligicha bayon etdi. Aniqlik kiritilishicha, ko‘plab muxlislar shafqatsiz hujumlar, ta’qiblar va hatto o‘g‘irliklarga ham uchragan - ba’zilari jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan: “Muxlislarimizga barchasi tushuntirib berilishi kerak. Bunday narsalar futboldan butunlay yo‘qolishi kerak", - deydi klub rahbari.

"Liverpul" tergov o‘tkazilishiga undamoqda, muxlislardan ko‘rsatmalar yig‘yapti va psixologik yordam taklif qilgan. Klub bosh ijrochi direktor Billi Xogan bilan yetti daqiqalik video intervyu qildi, unda u Parijda sodir bo‘lgan voqealar haqidagi savollarga javob bergan.

Mana uning asosiy fikrlari:

• Xogan fransuz vazirlariga "hujum" uyushtirdi: (Chunki Fransiyadagi sport vaziri tartibsizliklarda “Liverpul” muxlislarini ayblagan, ichki ishlar vaziri hatto, aybning bir qismini Yurgen Kloppga ham yuklagan): “Hech kim muxlislar boshidan kechirgan narsalarni o‘z boshdan kechirishi shart emas. Stadionga kirish va undan chiqish haqiqatan ham uyatli tarzda tashkil etilgan. Odamlar xafa bo‘ldi va endi ular Fransiya vaziridan faqat "Liverpul" muxlislarida muammo bo‘lganini eshitishdi. Bu shunchaki uyat. Men bu bayonotlarning barchasi haqiqat deb o‘ylamayman. Biz ularga shunchaki ishonmaymiz, tamom. «Real» ham tergov o‘tkazilishini xohlamoqda - biz Madrid klubidagi hamkasbimiz bilan bu haqda gaplashdik. Bizda ham, ularda ham yetarlicha dalil bor. Biz UYEFAga yana yozdik, 13 ta aniq savol berdik, zudlik bilan tergov o‘tkazilishini talab qilamiz”.

• "Liverpul" onlayn shaklda faktlar va kuzatishlarni to‘plamoqda: "6500 dan ortiq odam shanba kuni o‘zlari bilan nima sodir bo‘lganini yozgan holda bizga murojaat qilishdi. Ular bizga ko‘plab fotosuratlarni ham yuborishdi. Bilaman, yana bu voqealarga qaytish oson bo‘lmadi, shuning uchun chin qalbimdan bizga bu yo‘lda yordam bera olganlarga rahmat aytaman", — deyiladi intervyuda.

Shuningdek, u quyidagilarni ham aytib o‘tdi: «Klub jabrlanganlarga yordam taklif qildi. Odamlar do‘stlari, oilasi, yaqinlari bilan boshidan kechirganlari haqida gapirishlari muhim. Klub fondi orqali biz jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatdik. Bundan tashqari, turli tibbiy tashkilotlarga moliyaviy yordam berishga va’da berdik. Muxlislarning ichidan ham agar yordam berishni xohlaganlar bo‘lsa, bunga da’vat etib qolamiz. UYEFA bizdan uzr so‘radi. Ularning aytishicha, o‘yin Parijga berilgan, chunki «PSJ» bosh murabbiyi o‘z maydonidagi finalga haqiqatan ham ishongan. Ko‘pchilik muxlislar bunday so‘zlarni o‘z vaqtida bo‘lmadi deb hisoblamoqda. Ular avvalroq kechirim so‘rashlari mumkin edi».

Shahar meri o‘z pozisiyasini arena joylashgan Sen-Deni kommunasida ko‘plab muhojirlar borligi, jinoyatchilik darajasi yuqoriligi, ya’ni ko‘p sonli aholining xavfsizligini kafolatlash qiyinligi bilan izohladi. Nashrning aniqlik kiritishicha, Al-Xelayfi va Cheferin o‘z manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishgan: finalni Sankt-Peterburgdan qayerga ko‘chirishga qaror qilinganida, “PSJ” 1/8 finalning “Real”ga qarshi birinchi o‘yinida mag‘lub bo‘lgandi, biroq parijliklar finalga chiqishiga ishondi va buni o‘z muxlislari qarshisida o‘tkazishni xohlashdi.

Kiritildi: 11:19, 04.06.2022.
O'qildi: 10649 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик