"Barselona" hujumchisi Ferran Yutgla "Bryugge"ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, tomonlar transfer borasida deyarli kelishib olishgan. Belgiya klubi 23 yoshli ispaniyalik uchun 6 million yevro to‘laydi, shartnomada futbolchining o‘yinlariga qarab bonus to‘lovlari ham bor.
Futbolchi allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, transfer bo‘yicha rasmiy bayonot kelasi hafta berilishi kutilmoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Yutgla "Barselona" safida 9 ta o‘yinda 2 ta gol urdi.