Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Bundesliganing eng yaxshi o‘yinchisi qayerga ketadi?

Bundesliganing eng yaxshi o‘yinchisi qayerga ketadi?

Baho:
+ | -

Kristofer Nkunku “Leypsig”ni tark etishi mumkin. Stadion.uz nashri futbolchining kelajagi qanday va qayerda bo‘lishini tahmin qilib ko‘radi.

Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi Germaniyani tark etishi ehtimoli yuqori. Agar esingizdan chiqqan bo‘lsa, bu "Leypsig" futbolchisi Kristofer Nkunku bo‘ldi, u turli turnirlarda “buqalar” uchun 51 ta o‘yinda 35 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 24 yoshli fransiyalik futbolchining narxi kamida 50 million funt sterlingga baholangan, ammo “Leypsig” hali ham uni saqlab qolish uchun kurashishga tayyor. Garchi katta pulli takliflar ko‘p bo‘lsa ham.

Parijdagi o‘tmish

Aslida Nkunku allaqqchon top klubda o‘ynagan. Asli kongolik bo‘lgan futbolchi Fransiyada tug’ilgan va 13 yoshida “PSJ” akademiyasiga kirgan. Keyin u “PSJ”ning ikkinchi jamoasiga o‘tdi va u yerda 27 uchrashuvda beshta gol urdi. Asosiy jamoada esa 18 yoshida 2015 yilning dekabrida Chempionlar ligasi doirasidagi "Shaxtyor"ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. Nkunku “PSJ” safida 78 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan.

Kristofer uchun tarkibda kam vaqt berilardi, chunki Parij giganti yulduzlarga katta e’tibor qaratgan. 2019 yilning yozida esa Nkunku o‘yin amaliyoti izlab “Leypsig”ga ko‘chib o‘tdi. Ushbu transfer "Buqalar"ga 11 million funt sterlingga tushdi, uning hozirgi o‘yinidan kelib chiqib bu juda kichik summaga o‘xshaydi.

Omad qushi qo‘nganda

"Leypsig" bilan birinchi mavsumida Kristofer Bundesliganing 32 o‘yinida 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi va keyingi mavsumda u 7 ta golli uzatma va 6 ta golga mualliflik qildi. Va bu faqat yakunlangan mavsumda sodir bo‘lgan haqiqiy parvozga tayyorgarlik edi.

Nkunku Germaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor bo‘lib, 34 ta o‘yinda 20 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bu uni boshqa hujum yetakchilaridan ajratib turadigan oxirgi statistik xususiyatdir. U nafaqat ko‘p gol uradi, balki ko‘plab golli uzatmalarni ham amalga oshiradi, bu uning hujumning deyarli har qanday pozisiyasida, jumladan, klassik to‘purarlarga qaraganda chuqurroq o‘yin uslubidan kelib chiqadi.

Shu bilan birga, shaxsan o‘zi “Leypsig”ning chempionatdagi gollarining to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘ini kiritib, klubning g’alabalariga ulkan hissa qo‘shdi. "Buqalar"dagi birinchi mavsumida Nkunku hatto himoyachi sifatida ham o‘ynadi, markaziy yarim himoyaga o‘tdi va ikkinchi hujumchining optimal roliga to‘g‘ri kelguniga qadar qanot hujumchisi bo‘ldi.

Bunday o‘yin, albatta, Fransiya terma jamoasi murabbiylar shtabining e’tiborini tortdi. Nkunku terma jamoada joriy yilning mart oyida Kot-d’Ivuar va JAR terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etgan. Va u Jahon chempionatiga boradigan tarkibdan o‘rin olsa kerak.

U qaysi klubga mos keladi?

Albatta, Nkunku mavsum yakuniga qadar ko‘rsatgan formada u har qanday jamoaga foydali bo‘lardi. Ayniqsa, uning ko‘p qirraliligini hisobga olgan holda. Angliya jamoalaridan "Chelsi" unga eng mos keladigani bo‘lishi mumkin, chunki Tomas Tuxelning Londondagi uslubi o‘tkir hujumchilar uchun unchalik mos emas. Qolaversa, murabbiy va futbolchi “PSJ”dagi faoliyatlaridan ham tanish.

Ammo "Liverpul" londonliklar bilan raqobatlasha oladi. Hech shubha yo‘qki, Klopp Nkunku o‘zining ijobiy fazilatlarini maksimal darajada oshirish uchun imkoniyat yaratadi. Kristoferni"Manchester Yunayted" ham o‘z uyida ko‘rishni istaydi, ammo jamoada qayta qurish ishlari bo‘lishini bilib turgan Nkunku u yerga bormasa kerak.

Kristoferning o‘zi tug‘ilgan joyi Parijga qaytishga tayyorligini aytgan. Nkunkuning jismoniy xususiyatlari bu variantni yoki Angliyadan da’vogarlarga qarshi "Bavariya" bilan variantni yoqlaydi. U jismoniy jihatdan Premyer-liga uchun yetarli darajada kuchli emas. Boshqa tomondan, De Bryuyne, Saloh yoki Son ham yuksak jismoniy tayyorgarlikka ega futbolchi sifatida taassurot qoldirmaydi, bu ularning Angliyaning top-jamoalarida yetakchi bo‘lishlariga to‘sqinlik qilmaydi.

Shartnoma holati

Nkunkuning "Leypsig" bilan shartnoma muddati 2024 yilga qadar imzolangan. Bu haftasiga 30 ming funt maoshni nazarda tutadi. Angliya top-klubi uchun bu hech narsa emas. "Leypsig" Kristoferni 50-60 million funtga baholamoqda. Bu ingliz klublari uchun so‘nggi yillarda katta summa hisoblanmay qo‘ygan. Shu bilan birga, "Leypsig" Nkunkuni sotishni ustuvor maqsad deb hisoblamaydi. Klubning vazifasi fransiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish va uni saqlab qolish.

“Leypsig”dek dinamik o‘yinga ega yorqin jamoaning o‘z uslubini belgilovchi futbolchilardan birini yo‘qotishini istamagan bo‘lardik, lekin Nkunkuni top-klubda, o‘sha Angliya muhitida ko‘rish ham juda qiziq.

Kiritildi: 18:45, 06.06.2022.
O'qildi: 5607 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.