Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

7 yillik muhabbat samarasi

7 yillik muhabbat samarasi

Baho:
+ | -

Argentinalik hujumkor yarim himoyachi Anxel di Mariya o‘z faoliyatidagi yana bir bobni yopdi.

Bunga qadar «Rosario», «Benfika», «Real» va «MYU» klublarida javlon urgan futbolchi «PSJ» bilan 7 yillik hamkorligiga nuqta qo‘ydi. Argentinalik allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda Parij klubi va uning muxlislari bilan xayrlashishga ulgurdi. Ha, Fransiya poytaxti bu futbolchini hali ko‘p qo‘msasa kerak. Zero, sog‘inish uchun sabablar yetarli...

294ta o‘yin, 92ta gol, 118ta samarali uzatma va 19ta sov­rin - bu Anxel di Mariyaning «PSJ»dagi 7 yillik faoliyati samarasi. Bosh rolga uncha da’vo qilmaydigan argentinalik oxirgi 7 yilni shu qadar barqaror va xotirjam o‘tkazdiki, unga ko‘plab futbolchilar shunchaki, havas bilan boqishlari mumkin. 19ta sovriniga kelsak, ularning barchasi ichki turnirlarda qo‘lga kiritildi. Di Mariya - Fransiya chempionati, mamlakat kubogi va superkubogining 5 karradan g‘olibi, uning hisobida yana 4ta Liga kubogi bor. Ha, ozgina kemtik ham bor - bu yevrokuboklar yo‘qligi. Bir kam dunyo-da, baribir... 

2011 yili Xorxeline Kardoso bilan turmush qurgan Anxel hozirda Mia (2013 yil) va Pia (2017 yil) ismli qizaloqlarning baxtli otasi. Umuman olganda, u jahon futbolidagi eng sov­rindor futbolchilar qatorida. Deylik, faqat klub futbolini olsak, «PSJ»dagi 19ta sovrindan tashqari, «Benfika» va «Real»da ham katta kolleksiya yaratgandi. Ya’ni Portugaliyada 3ta (milliy chempionat oltin medali va 2ta Liga kubogi), Ispaniyada esa 6ta (milliy chempionat oltin medali, 2ta milliy kubok, mamlakat superkubogi, CHL va Yevropa superkubogi) sovrin yutgandi. Xullas, Yevropada argentinalik futbolchining faqat «MYU»dagi davri samarasiz kechdi, xolos.

O‘z o‘rnida yana bir ma’lumot: «PSJ» maosh xarajati bo‘yicha Yevropaning 1-raqamli jamoasi bo‘lib oldi. Biroq shu ham klubga qit’a miqyosida yutuqni kafolatlayotgani yo‘q. Diqqatni tortadigan fakt shuki, «PSJ»ning maosh jam­g‘armasi Liga 1dagi aksariyat klublarning umumiy byudjetidan ham katta. 

Anxel di Mariyaning shaxsiy yutuQlari 

Argentinaning eng yaxshi futbolchisi: 2014 yil

Ispaniya chempionatining eng yaxshi assistenti: 2013/2014

Fransiya chempionatining eng yaxshi assistenti: 2015/2016

CHL finalining eng yaxshi futbolchisi: 2014

CHLning eng yaxshi assistenti: 2013/2014

CHL ramziy terma jamoasi a’zosi: 2013/2014

JCH ramziy terma jamoasi a’zosi: 2014

Jahon ramziy terma jamoasi a’zosi (UYEFA talqini): 2014

Jahon ramziy terma jamoasi a’zosi: (FIFA talqini): 2014

Anxel di Mariyaga faoliyatining «PSJ» atalmish bob to‘kis bo‘lishi uchun yev-roare­nadagi g‘a-laba yetishmagani - ayni haqiqat. Shu joyda goal24 sayti taqdim etgan bitta qiziqarli foto-faktni keltirish joiz. Qarang, suratda berilgan 6 nafar futbolchi - David Luiz (Braziliya), Zlatan Ibragimovich (Shvesiya), Kevin Gameyro (Fransiya), Kingsli Koman (Fransiya), Tyago Silva (Braziliya) va Kevin Trapp (Germaniya)ni bir jihat o‘zaro bog‘lab turibdi. Qanday? Ular «PSJ» bilan xayrlashganlaridan keyin qaysidir yevrokubokni boshlari uzra baland ko‘tarishdi. «PSJ» esa bu vaqtda yevroarenada g‘alaba qozonolmay armonda...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:49, 07.06.2022.
O'qildi: 2606 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.