Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

U23 Osiyo kubogi. Turkmaniston avtogol evaziga chorak finalda yutqazdi

U23 Osiyo kubogi. Turkmaniston avtogol evaziga chorak finalda yutqazdi

Baho:
+ | -

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogining dastlabki chorak final bahsi bo‘lib o‘tdi. Avstraliya va Turkmaniston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi.

Qo‘shnilarimiz butun o‘yin davomida tartibli o‘yin namoyish etishdi. Natijada "kengurular" birinchi bo‘limda Turkmaniston darvozasi oldida xavfli vaziyat yarata olishmadi.

Turkmanlar ikkinchi taymni ham yaxshi o‘tkazishayotgandi, ammo yagona xato uchrashuv taqdirini hal qildi. 74-daqiqada avstraliyaliklar yuqoridan to‘pni raqib jarima maydoniga yetkazishdi. Markaziy himoyachi O‘razov to‘pni bosh bilan qaytarmoqchi bo‘ldi, ammo u o‘z darvozasi tomon zarbaga aylanib ketdi. To‘p darvozabonning qo‘li aralash to‘sin orqali chiziqni kesib o‘tdi.

Yashil qit’a vakillari so‘nggi daqiqalarda yaxshi himoyalanib, o‘yinni nazorat qilishdi va g‘alabani saqlab qolishdi. Avstraliya Osiyo chempionatining ilk yarim finalchisiga aylandi.

U23 Osiyo kubogi, chorak final
AVSTRALIYA - TURKMANISTON - 1:0 (0:0)
Gol: O‘razov (74-avtogol)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:09, 11.06.2022.
O'qildi: 3220 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик