Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» bugun ikki nafar futbolchisining kelajagiga oydinlik kiritadi

«Chelsi» bugun ikki nafar futbolchisining kelajagiga oydinlik kiritadi

Baho:
+ | -

«Chelsi» rahbariyati Sezar Aspilikueta va Markos Alonsoning kelajagiga oydinlik kiritmoqchi.

Ikkala ispaniyalik himoyachining ham shartnomasi bir yildan so‘ng tugaydi, shuning uchun «Barselona» «Chelsi»ga ularni sezilarli darajada arzonlashtirilgan narxda qo‘yib yuborishiga umid qilmoqda.

Marca xabariga ko‘ra, londonliklar o‘z navbatida yaqin soatlar ichida Alonso va Aspilikueta bilan uchrashuv tashkil etib, «Barselona»ning qiziqishi fonida bu masalaga oydinlik kiritishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, Aspilikueta o‘tgan mavsumda «Chelsi» safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va yana shuncha golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ispaniyaga qaytish istagini allaqachon e’lon qilgan Markos Alonso hisobiga 46 ta jangda 5 ta gol va 6 ta golli uzatma mavjud.

Kiritildi: 00:40, 12.06.2022.
O'qildi: 1719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.